Saylov tizimi orqali kurashish —demokratik davlatlarda saylangan vakillarni
korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz
bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta‘sir o’tkazish eng samarali
usul hisoblanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan
Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o’rganish
shuni ko’rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish
korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o’rin egallaydi. Bunda Konstitutsiyaviy
nazorat organlari, huquq- tartibot organlarining ahamiyati ortadi. YA‘ni,
korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo’lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi
tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish
kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda
past bo’lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan. Bizquyida Singapur davlatida
korrupsiyaga qarshi kurashda qo’llanilgan usullar haqida batafsil to’xtalib o’tamiz.
Singapur davlati 1965 yil mustaqillikka erishgach korrupsiya darajasi eng yuqori
bo’lgan davlatlar qatorida turar edi. Lekin bu illatga qarshi o’tkazilgan bir qator
tadbirlar bu davlatda korrupsiyaning minimal darajaga tushishiga olib keldi.
Birinchi navbatda bu erda byurokratik jarayonlar engillashtirilib sud tizimining
mustaqilligi oshirildi (sudyalarning daromadlari va imtiyozlarini oshirish evaziga).
Shu bilan birga korrupsiya jinoyatlari uchun sanksiyalar og’irlashtirilib,
fuqarolarga korrupsiyaga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda hamkorlik qilishda
bosh tortganligi uchun juda katta moliyaviy sanksiyalar belgilandi. Bir qator davlat
idoralarida ommaviy ―tozalashlar o’tkazilib bu jarayonlar telekanallar orqali butun
mamlakatga namoyish qilindi. YUqorida sanab o’tilgan omillarning hammasi
Singapurni qisqa muddatlarda korrupsiya darajasi eng past mamlakatlar ro’yxatida
ilg’or davlatlar qatoriga olib chiqdi. Shuningdek, davlat xizmatchisining ahloq
standartlariga rioya etishini qattiq nazorat ostiga olish ham Singapur davlatida
|