~ 126 ~
qo’shilgan bo’lib, ushbu Qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasining Bosh
prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi
korrupsiyaning oldini olish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va
ularni amalga oshirishda boshqa ishtirokchi-davlatlarga yordam ko’rsatishi
mumkin bo’lgan organlar sifatida belgilab qo’yilgan. Ushbu Konvensiyada
nazarda tutilgan va korrupsiya sifatida e‘tirof etilishi mumkin bo’lgan qilmishlar
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining bir qator moddalari bilan jinoiy
qilmish sifatida ta‘qib qilinadi. Korrupsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari
tajribasini o’rganish shuni ko’rsatadiki faqatgina jinoiy qonunchilikni og’irlashtirish
yo’li bilan bu salbiy illatga qarshi kurashib bo’lmaydi (XXR da juda ko’p miqdorda
pora olganlik uchun o’lim jazosi mavjud). Bu illatni engish uchun birinchi
navbatda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik institutlari faoliyatini
kuchaytirish lozim bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |