~ 121 ~
8-MAVZU: KORRUPSIYAGA QARShI KURASh – FUQAROLIK
JAMIYATINI RIVOJLANTIRIShNING USTUVOR ShARTI
Reja:
1. Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi.
2. Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar.
3. Korrupsiyaga qarshi kurashda milliy qonunchilikning takomillashib borishi
3. Korrupsiya fuqarolik jamiyati rivojlanishiga zid bo’lgan salbiy voqeiylik.
4. Korrupsiya qarshi kurashda fuqorolar hamda fuqorolik jamiyati institutlarning
faolligini oshirish mexanizmlari.
Tayanch tushunchalar: korrupsiya, fuqaro, jamiyat, davlat.
Korrupsiya –– bu jamiyatni turli yo’llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli
illatdir.Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi,
inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to’sqinlik qiladi, hayot
sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan
jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib
beradi. Ta‘kidlab o’tish o’rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va
kambag’al bo’lishidan qat‘iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli
illatni bartaraf etish bo’yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar
amalga oshirilayotgan bo’lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti. Biz quyida
korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr
yuritmoqchimiz.
Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor
shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan
o’zlarining shaxsiy manfaatlarini ko’zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid
ravishda foydalanishini anglatadi. Ko’p hollarda bu atama siyosiy elitadagi
byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko’plab davlatlarning jinoyat
va ma‘muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta‘qib qilinadi.
~ 122 ~
Makroiqtisodiy va siyosiy-iqtisodiy tadqiqotlar, korrupsiya — davlatlarning
iqtisodiy o’sishi va rivojlanishiga ulkan to’siq ekanligini ko’rsatdi. YUrtboshimiz
I. A. Karimov o’zining ―O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik
shartlari
va
taraqqiyot
kafolatlari‖ asarida korrupsiyaning
O’zbekistonning o’z taraqqiyoti yo’lida rivojlanishiga ulkan to’siq bo’lishi
mumkinligini bayon qilgan edi. Korrupsiyaning tarixiy o’zaklari juda juda
qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma‘lum mavqega ega bo’lish uchun
qabila sardorlariga sovg’alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O’sha
davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining
murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta
to’siq ekanligini ko’rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida
qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza
qiluvchi organlarning poraxo’rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib
qolgan manbalardan ma‘lum. Chunki bu holat davlatning obro’siga juda qattiq
putur etkazardi. Dunyoning etakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni
muhofaza qiluvchi organlarning poraxo’rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda
―Sovg’alarni qabul qilma, chunki sovg’a ko’rni ko’radigan qiladi va haqiqatni
o’zgartiradi‖ deyilgan bo’lsa, Qu‘roni Karimda
―Boshqalarning mulkini nohaq yo’l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli
bo’lgan narsalarni olish uchun o’z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib
uzatmangizlar‖ deyilgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining
ish sifatiga toboro ko’proq ta‘sir ko’rsata boshladi. Bu o’sha davrda qabul qilingan bir
qator qonun hujjatlarida o’z aksini topgan. Jumladan, 1787 yilda qabul
qilingan AQShKonstitutsiyasida pora olish AQSh Birinchi Prezidentini
impechmentga tortish mumkin bo’lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko’rsatib
o’tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi
o’rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning
dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi. Ushbu
illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiyani