iqtisodiy munosabatlarni o’ziga qarshi tahdid deb bilgan holda, ularning rivojlanishini
sekinlashtirib ko’yishga harakat qiladigan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi bilan
"xufyona" iqtisodiyotning manfaatlari obyektiv ravishda birlashib ketadi. Korrupsiya
mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo’liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib
bo’lmaydigan zarar yetkazadi. Bundan tashqari, yangi iqtisodiy munosabatlarga
endigina asos solinayotgan va sifat jixdtidan boshqa siyosiy tizim shakllantirilayotgan
o’tish davrida korrupsiya o’z xatti-harakati bilan bu jarayonning yo’lini to’sib ko’yish
~ 127 ~
buzilishiga olib keladi. "Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni
chetlab o’tishdir" degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy xukuqiy
tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo’lishiga olib boradi.
Basharti iqtisodiyotda jinoiy guruxlar va "reketchilar" to’dalari "bazm kursa",
ko’chalarda esa odamlar qo’rqqanlaridan tasodifiy o’tkinchilardan qochib yursalar,
jamiyatdagi barqarorlik va sobitqadamlik haqida gap bo’lishi mumkinmi? Yo’q,
albatta.
Uchinchidan, jshoyatchilik va korrupsiya jamiyatning ma’naviy-axloqiy
asoslarini yemiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqyeini yo’qqa chiqaradi.
Amalga oshirilayotgan o’zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi uchun sharoit
yaratadi. Islohotlar g’oyasining o’zini obro’sizlantiradi va eski zamonlarni, shu
jumladan "kudratli markazning kuchli ko’li"ni qo’msash hissini tug’diradi. O’tish
davrining muayyan qiyinchiliklari sharoitida fuqarolar ongida, ayniqsa, yosh
avlodning bir qismida, hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli
qonunga xilof faoliyat bilan bog’liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar
shakllanishi va qaror topishi mumkin. Qing’ir yo’l bilan boylik orttirishga intilish,
basharti u jamiyatning va xuquqiy nazoratning e’tiboridan chetda qolsa, odamlarni,
ayniqsa, hayotga endigina qadam ko’yib kelayotgan yoshlarni yomon yo’lga
og’diradi. Axir, jamiyat va davlat uchun yosh avlodning axloqan buzilishi va
yuztuban ketishidan ham ayanchliroq, halokatliroq hol bormi o’zi?
Dostları ilə paylaş: