~ 125 ~
korrupsiyaga qarshi kurashda muhim dastaklardan biri bo’lib xizmat qiladi.
YUrtboshimizning yuqorida eslangan asarida ―jinoyatchilik, korrupsiya bizning
o’z xavfsizligimizga ham, xalqaro xavfsizlikka ham tahdid soluvchi real
manbadir. Binobarin, mazkur hodisaga qarshi kurash masalalari birgina bizga
taalluqli emas. Shuning uchun ham biz jinoyatchilik haqida butun jahon hamjamiyati
qayg’urmog’i lozim, deb hisoblaymiz. Suveren O’zbekiston xalqi va rahbariyati
esa ular bilan faol hamkorlik qilishga tayyor va buni dunyoni poklash, uning
xavfsizligini ta‘minlash ishiga qo’shilgan hissa, deb biladi‖ deb fikr bildirgan edi.
Jinoyatchi unsurlarning xo’jalik munosabatlari tizimini shakllantirish jarayonida
faol va xufyona ishtirok etishi jamiyatda axloqsizlik vaziyatini tug’dirishi, bu
esa o’z navbatida, mamlakat uchun ham, jahon hamjamiyati uchun ham nomaqbul
jinoiy bozor iqtisodiyotining alohida turi shakllanishiga olib kelishini keyinchalik
BMT tomonidan ham tan olinib, 2003 yil 9 dekabrda Meksikaning Merida shahrida
korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatlar o’rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish
maqsadida 3 kun davom etgan konferensiya tashkil etildi. Bu konferensiya davomida
100 dan ortiq davlat tomonidan Korrupsiyaga qarshi haqaro konvensiya imzolandi.
Konferensiyaning birinchi ish kuni (9 dekabr) BMT tomonidan butun dunyoda
korrupsiyaga qarshi kurash kuni deb e‘lon qilingan. Ushbu konvensiyaning qabul
qilinishi va kuchga kirish (2003 yil 31 oktyabr) dunyo mamlakatlarining
korrupsiyaga
qarshi
kurashdagi
hamkorligini
yangi
pog’onaga
ko’tardi.Konvensiyada korrupsiyaning rivojlanishi uyushgan jinoyatchilik,
terrorizm va boshqa jamiyat uchun xavfli bo’lgan salbiy omillarga qarshi kurashga
ulkan to’siq bo’lishi mumkinligiga alohida urg’u berilgan.Ushbu Konvensiyaning
maqsadi quyidagilardan iborat:
— korrupsiyaga qarshi qaratilgan yuqori samarali chora tadbirlarni qabul
qilish va ularni mustahkamlash;
—
korrupsiyaga
qarshi
kurashda
halqaro
hamkorlikni
kengaytirish,
engillashtirish va qo’llab quvvatlash.
O’zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining Korrupsiyaga
qarshi konvensiyasiga 2008 yil 7 iyuldagi O’RQ-158-sonli Qonuni bilan
|