~ 128 ~
xavf-xatarlardan biridir. Jinoiy tuzilmalarning davlat organlari amaldorlari bilan
chatishib ketishi, ularning turli hokimiyat tarmoqlariga kirib olishi jamoatchilik
nazdida fuqarolarning himoyasizligi hissini kuchaytiradi. Davlatning o’zini
obro’sizlantiradi. Mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham unga ishonchsizlik
ortib boradi.
Beshinchidan, nopok yo’l bilan boylik orttirganlar jazodan qutulib qolish va
o’zlarining jinoiy sarmoyalarini himoya qilish uchun har qanday xatti-harakatlarga
tayyor turishlarsni yaxshi bilib olish lozim. Bunday kimsalar edolatli jazodan qo’rqib,
hamma ishni qilishga, hatto naziyatni beqarorlashtirishga, ommaviy tartibsizliklarni
keltirib chiqarishga shay turadilar. Bunday paytda zhtiroslarni junbushga keltirish,
olomonni qo’zg’atish va uning orqasiga yashirinib olishdan qulayi yo’q. Bunday
odamlarning "Faqat bizga yaxshi bo’lsa, ishimiz bitsa -bo’lgani" qabilidagi maslagi
xudbinlikning,
hamyurtlariga
misbatan
surbetlarcha
loqaydlikning
yaqqol
ko’rinishidir.
Oltinchidan, jinoiy usudlar bilan boylik va mo’may pul orttirgan kimsalarning
yangi hukuq himoyachilari va hatto demokratiya uchun jafo chekkan kurashchilar
sifatida siyosatga kirib olishga harakat silayotganidan dalolat beruvchi misollar,
jumladan, bizda ham oz emas.
Ular bunday xatti-harakatlari bilan insoniyatning adolat va demokratiya kabi
olijanob ideallariga naqadar jiddiy :{arar yetkazayotganlarini, o’z xalqlari va
mamlakatlari sha’niga dog’ tushirayotganlarini aytib o’tirishning hojati bormikin?
Nafsilamrini aytganda, ular
1
o’z xalqlari va mamlakatlarining taqdiriga, ozodlik va
mustaqillik ideallariga mutlaqo befarq qaraydilar. Bunday shaxslarning turish-
turmushi ketma-ket qilingan jinoiy xatti-xdrakatlar zanjiridan iboratdir. Avvaliga o’z
xalqini aldab kapital to’planadi, keyingi gal - demokratiya na adolatni ro’kach qilgan
holda jamoatchilik fikrini aldab, siyosiy obro’ orttiriladi. Sir emaski, bunday shaxslar
o’z manfaatlari yo’lida respublikadagi vaziyatga ta’sir ko’rsatishga urinayotgan
tashki kuchlarga xizmat qilishga hamisha tayyor turadilar. Mamlakatimizning
kelajagini va obro’-e’tiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro bu taxdidni esda
~ 129 ~
tutmog’i darkor. Halol mehnat qilish, o’z bilimi, kuch-g’ayrati va ijodiy qobiliyatini
sarflash uchun barqaror shart-sharoit bo’lishini istaydigan, farzandlari va yaqin
kishilari kelajakda ham demokratik, fuqarolik jamiyatida sivilizasiyalashgan bozor
munosabatlarining samaralaridan to’la-to’kis foydalanishni orzu qiladigan har bir
fuqaro, jinoyatchilik va korrupsiya yo’liga o’z vaqtida zarur to’siq qo’yilmasa, bu
illatlar qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligani yaxshi anglab yetmog’i
lozim".
NAZORAT SAVOLLARI
1. Korrupsiya deganda nimani tushunasiz?
2. Korrupsiyaga qarshi kurash tushunchasini izohlang.
3. Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlarni bilasizmi?
4. Korrupsiyaning salbiy oqibatlarini sanab bering.