~ 121 ~ 8-mavzu: korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti


Korrupsiyaning  mamlakatimizning  xavfsizligiga  solayotgan  tahdidlari



Yüklə 245,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix18.01.2022
ölçüsü245,76 Kb.
#51369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8-mavzu

Korrupsiyaning  mamlakatimizning  xavfsizligiga  solayotgan  tahdidlari 

quyidagalardan iborat: 

Birinchidan,  siyosiy  jihatdan  olganda,  korrupsiya  amalga  oshirilayotgan 

islohotlarga  qarshilik  ko’rsatish  ifodasidir.  Unda  o’z  umrini  yashab  bo’lgan,  yangi 

iqtisodiy munosabatlarni o’ziga qarshi tahdid deb bilgan holda, ularning rivojlanishini 

sekinlashtirib  ko’yishga  harakat  qiladigan  ma’muriy-buyruqbozlik  tizimi  bilan 

"xufyona" iqtisodiyotning  manfaatlari obyektiv ravishda birlashib ketadi. Korrupsiya 

domiga 

ilingan 


amaldorlar 

shaxsiy 


boylik 

orttirishmaqsadlarinivaurug’-

aymoqlarningmanfaatlarini 

davlat 


manfaatlaridan 

ustun 


ko’yadi. 

Bu 


esa, 

mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo’liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib 

bo’lmaydigan  zarar  yetkazadi.  Bundan  tashqari,  yangi  iqtisodiy  munosabatlarga 

endigina asos solinayotgan va sifat jixdtidan boshqa siyosiy tizim shakllantirilayotgan 

o’tish davrida korrupsiya o’z xatti-harakati bilan bu jarayonning yo’lini to’sib ko’yish 

imkoniga ega. 



Ikkinchidan,  jinoyatchilik  va  korrupsiyashng  avj  olishi  davlatnshg 

konstitusiyaviy asoslarini yemiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda 


~ 127 ~ 

buzilishiga  olib  keladi.  "Qonunlar  va  farmonlarni  qabul  qilishdan  maqsad  ularni 

chetlab  o’tishdir"  degan  mutlaqo  yaramas  qoida  jamiyatning  eng  oddiy  xukuqiy 

tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo’lishiga olib boradi. 

Basharti  iqtisodiyotda  jinoiy  guruxlar  va  "reketchilar"  to’dalari  "bazm  kursa", 

ko’chalarda  esa  odamlar  qo’rqqanlaridan  tasodifiy  o’tkinchilardan  qochib  yursalar, 

jamiyatdagi  barqarorlik  va  sobitqadamlik  haqida  gap  bo’lishi  mumkinmi?  Yo’q, 

albatta. 

Uchinchidan,  jshoyatchilik  va  korrupsiya  jamiyatning  ma’naviy-axloqiy 

asoslarini  yemiradi.  Jamiyat  a’zolarining  fuqarolik  mavqyeini  yo’qqa  chiqaradi. 

Amalga oshirilayotgan o’zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi uchun sharoit 

yaratadi.  Islohotlar  g’oyasining  o’zini  obro’sizlantiradi  va  eski  zamonlarni,  shu 

jumladan  "kudratli  markazning  kuchli  ko’li"ni  qo’msash  hissini  tug’diradi.  O’tish 

davrining  muayyan  qiyinchiliklari  sharoitida  fuqarolar  ongida,  ayniqsa,  yosh 

avlodning  bir  qismida,  hayotda  yuksak  turmush  darajasiga  erishishning  asosiy  usuli 

qonunga  xilof  faoliyat  bilan  bog’liq,  degan  mutlaqo  axloqqa  zid  nuqtai  nazar 

shakllanishi  va  qaror  topishi  mumkin.  Qing’ir  yo’l  bilan  boylik  orttirishga  intilish, 

basharti  u  jamiyatning  va  xuquqiy  nazoratning  e’tiboridan  chetda  qolsa,  odamlarni, 

ayniqsa,  hayotga  endigina  qadam  ko’yib  kelayotgan  yoshlarni  yomon  yo’lga 

og’diradi.  Axir,  jamiyat  va  davlat  uchun  yosh  avlodning  axloqan  buzilishi  va 

yuztuban ketishidan ham ayanchliroq, halokatliroq hol bormi o’zi? 




Yüklə 245,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin