39
Vohalarda irrigatsiya eroziyasi va deflyatsiya hodisalari keng miqyosda rivojlangan,
bularning har biri alohida muammo hisoblanadi. Respublikadagi sug’orma erlardan 2,9
mln. gektar er deflyatsiya va irrigatsiya eroziyasiga uchragan. Buning oqibatida
tuproqning hosildorligi me`yordan ancha past, har yili paxta, g’alla va boshqa ekinlardan
kam hosil olinmoqda. Bu muammo sho`rlanishdan keyingi ustuvor muammo hisoblanadi,
bu ham o`z echimini sabrsizlik bilan kutmoqda. Tog’ yonbag’irlaridagi eroziya, lalmi
erlardagi tuproq yuvilishini e`tiborga olinsa dolzarbligi yanada ortadi.
Tekislikdagi vohalarda grunt suvlari sathini ko`tarilib ketganligi ham eng dolzarb va
o`ta muhim ekologik muammodir. Sug’orma erlarni zaxkashligi er va binolar poydevorini
osti kommunikatsiyalarining ahvolini og’irlashtirmoqda, qishloq va ba`zi shaharlarni
kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta`minlash darajasi hali ancha kamligi tufayli ularning
sanitariya-gigienik holatini yanada murakkablashtiradi. Quduq suvlari va boshqa ochiq
havzalar hisobiga ichimlik suvi sifatida foydalanayotgan aholi orasida turli kasalliklar
tarqalishi tezlashmoqda. Bu muammo eng dolzarb va echimi tez fursatlarda hal qilinishi
shart bo`lgan muammolardan biridir.
Dostları ilə paylaş: