36
6) ma`dan, foydali qazilmalardan tejamkorlik bilan foydalanmaslik;
7) aholi sog’lig’i va unga etkazilayotgan bitmas-tuganmas ekologik muammolar kabi
noxushliklardir.
Ekologik muammolar ma`lum ma`noda tabiatni muhofaza qilish muammolariga juda
yaqin turadi. SHuni hisobga olib, ularni bir muammo tarkibida tadqiqot qilish maqsadga
muvofiq.
Hududiy ekologik muammolar ularning miqyosiga qarab turli kattalikdagi
maydonlarni egallaydi. Ularning barchasi ham ustuvorligi bilan ajralib turadi, lekin Orol
va Orolbo`yi muammosi eng ustuvor va oliy darajali amaliy
ahamiyati bilan jahonga
ma`lum.
O`zbekistonda, shuningdek butun O`rta Osiyo va Qozog’istonning tekislik qismi
uchun suv muammosi eng ustuvorligi bilan tavsiflanadi. Suv taqchilligi ko`plab xalq
xo`jaligining sohalarini rivojlantirishni cheklaydi, boz ustiga
mavjud suv resurslarini
ifloslanib borayotganligi muammoni yanada keskinlashishiga va tanglikni kuchayishiga
ta`sir etmoqda.
Suv resurslarini ifloslanishi bilan bog’liq ekologik muammolar.
XX-asrning
50-60 yillarida O`rta Osiyoda suv muammosi amalda hali kun tartibida bo`lmagan.
1960-yillarning oxiridan boshlab, bu muammo tarkib topa boshladi. 1970-80
yillarda
shakllanib, bu jarayon hanuz davom etmoqda. Muammoni tarkib topishiga vohalardan
chiqayotgan qaytgan suvlarni 31 kub km qismini Amudaryo va Sirdaryo havzalariga
tashlanishi bilan bog’liq. Bu hodisa daryo suvlarining ifloslanishiga olib keladi.
Kollektor-zovur suvlari (KZS) tarkibida
suvda eriydigan tuzlar, mineral o`g’itlar,
pestitsidlar, sanoat, kommunal-maishiy va fermalarning oqova suvlari hamda boshqa
toifadagi organik, biogen, kimyoviy tozalanmagan suvlarni qo`shilishi tufayli Amudaryo
Termizdan, Sirdaryo Uchqo`rg’ondan boshlab ichimlik
sifatida foydalanish uchun
mutloqo yaroqsiz. Boz ustiga suvning minerallashuv darajasini me`yordan 2-5 baravar
ortib kelganligi sug’orishda foydalanishni ham murakkablashtirmoqda.
Darvoqe, suv resurslarini ifloslanishi nafaqat sug’orma dehqonchilik,
shuningdek
aholining ichimlik suvi sifatida foydalanishni, daryo yoqalaridagi to`qayzorlar,
del’talardagi yaylov, pichanzorlar va boshqa tarmoqlarni vegetatsiya faoliyati funktsiyasi,
37
inson hayotini murakkablashtirmoqda, turli noxush hodisalarni rivojlanishiga ta`sir
etmoqda.
Boshqacha aytganda, suv bilan bog’liq sanoat va qishloq xo`jaligi ishlab
chiqarishlarida qurilish, transport va aholi sog’lig’i sohalarida ekologik vaziyatlarni tang
ahvolga solmoqda.
Suv muammosi murakkab, ko`p qirrali, keng miqyosdir. U bir qancha kichik yoki bir
aspektli muammolar majmuasidan iborat. Ularning jami bir-birlari bilan uzviy bog’liqlikni
taqozo etadi. Suv muammosini echimi- da ularni barchasiga alohida ahamiyat va e`tibor
berilishi darkor.
Dostları ilə paylaş: