41. Iqtisodiy faol aholining ish kuni yoki haftasi davomida to‘liq band bo‘lmagan qismi qanday ishsizlik turiga kiradi? a) friksion ishsizlik;
b) ixtiyoriy ishsizlik;
c) texnologik ishsizlik;
d) yashirin ishsizlik;
e) turg‘un ishsizlik.
42. Ish joyini yo‘qotgan, ishsizlik nafaqasini olishdan mahrum bo‘lgan va mehnat qilishga qiziqishi bo‘lmaganlar qanday ishsizlarga mansub bo‘ladi? a) friksion ishsizlik;
b) ixtiyoriy ishsizlik;
c) texnologik ishsizlik;
d) yashirin ishsizlik;
e) turg‘un ishsizlik.
43. Ishsizlikning tabiiy, ya’ni muqarrar darajasi bu… a) siklik+ixtiyoriy ishsizlik;
b) institutsional+texnologik ishsizlik;
c) friksion+tarkibiy ishsizlik;
d) hududiy+yashirin ishsizlik;
e) turg‘un+siklik ishsizlikdir.
44. Ishsizlik darajasi bu… a) ishsizlarning ishchi kuchiga nisbatining foizdagi ifodasi;
b) ishsizlarning band bo‘lganlarga nisbatining foizdagi ifodasi;
c) ishsizlarning iqtisodiy faol aholiga nisbatining foizdagi ifodasi;
d) ishsizlarning aholi soniga nisbatining foizdagi ifodasi;
e) ishsizlarning mehnat resurslariga nisbatining foizdagi ifodasi.
45. Ishsizlikning iqtisodiy oqibati bu… a) farovonlikning pasayishi;
b) daromadlarning kamayishi;
c) aholi xarid qobilyatining pasayishi;
d) “yo‘qotilgan” yoki ishlab chiqarilmagan mahsulot;
e) ish haqining pasayishi.
46. Ishlab chiqarilmagan yoki ,,yo‘qotilgan“ mahsulot qanday aniqlanadi? a) monografik kuzatilish orqali;
b) YAIM hajmiga tabiiy ishsizlar ulushini qo‘shish yo‘li bilan;
c) potensial YAIM dan real ishlab chiqarilgan YAIM hajmini ayirish orqali;
d) potensial YAIM dan real foydalanilgan YAIM hajmini ayirish orqali;
e) potensial YAIM dan real taqsimlangan YAIM hajmini ayirish orqali.
47. Ishsizlik darajasi bilan YAIM hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni qaysi qonun ko‘rsatadi? a) talab qonuni;
b) taklif qonuni;
c) Ouken qonuni;
d) nufuz qonuni;
e) naflilikning pasayishi qonuni.