8. Investitsiyalar maqsadga muvofiq hisoblanganda uning darajasi qaysi omilga bog‘liq bo‘ladi? a) investitsion tovarlarni xarid qilish, ishlatish va xizmat ko‘rsatish xarajatlariga;
b) texnika taraqqiyoti va texnologik o‘zgarishlarga;
c) soliqlar darajasi va foizning real stavkasiga;
d) a) va b) ga;
e) yuqoridagi barcha omillarga.
9. Investitsion sarflar nima uchun o‘zgaruvchan hisoblanadi? a) investitsion tovarlar noaniq xizmat muddatiga egaligidan;
b) buyuk kashfiyotlar doimiy paydo bo‘lib turmaydi;
c) foyda doimiy barqaror emas;
d) davlat iqtisodiy siyosati o‘zgarib turadi;
e) yuqoridagi barcha sabablarga ko‘ra.
10. Foizniig muvozanatli stavkasi (pulga talab va pul taklifi kesishgan nuqta) nimaga ta’sir ko‘rsatadi? a) investitsiyalar darajasiga;
b) yalpi milliy mahsulot darajasiga;
c) moliyaviy va real kapitalning raqobatlashuvchi korxona va tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishiga;
d) a va b to‘g‘ri;
e) a va c to‘g‘ri.
11. Investitsion qarorlar qabul qilishga quyidagilardan qaysi biri asos hisoblanadi? a) foizning nominal stavkasi;
b) foizning real stavkasi;
c) soliqlar darajasi;
d) pul taklifi;
e) yuqoridagilarning barchasi.
12. Jamoat ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarishning pirovard natijalari va iqtisodiy resurslardan foydalanish jarayoni – bu: a) iste’mol;
b) shaxsiy iste’mol;
c) unumli iste’mol;
d) ijtimoiy iste’mol;
e) davlat iste’moli.
13. Shaxsiy iste’mol qanday ro‘yobga chiqadi? a) iste’molchilik sarflari orqali;
b) iqtisodiy resurslarga sarf-xarajatlar qilish yo‘li bilan;
c) davlat byudjetidan ijtimoiy sohani moliyalashtirish orqali;
d) davlat ijtimoiy dasturlari orqali;
e) davlat byudjetidan ish haqi berish orqali.
14. Unumli iste’mol qanday amalga oshadi? a) iste’molchilik sarflari orqali;
b) iqtisodiy resurslarga sarf-xarajatlar qilish yo‘li bilan;
c) davlat byudjetidan ijtimoiy sohani moliyalashtirish orqali;
d) davlat ijtimoiy dasturlari orqali;
e) davlat byudjetidan ish haqi berish orqali.