3. Iqtisodiy o‘sish o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uch ko‘rsatkich: a) aholining va YAIMning o‘sish sur’ati;
b) YAIM va kapital qaytimining o‘sish sur’ati;
c) aholi jon boshiga yaratilgan YAIM va mehnat unumdorligining o‘sish sur’ati;
d) YAIM hajmining va aholi jon boshiga va resurs birligiga nisbiy miqdorining o‘sish sur’ati;
e) YAIM va mehnat unumdorligi o‘sish sur’ati bilan tavsiflanadi.
4. Iqtisodiy o‘sish intensiv bo‘ladi, agar: a) qo‘shimcha mehnat omilini jalb qilish natijasida milliy daromad hajmi o‘ssa;
b) mehnat unumdorligining o‘sish sur’ati band bo‘lganlar o‘sish sur’atiga qaraganda yuqori bo‘lsa;
c) kapital bilan qurollanish darajasi o‘ssa;
d) mahsulot birligiga sarflangan resurslar hajmi o‘ssa;
e) ishlab chiqarish hajmi va resurslar miqdori mutanosib o‘ssa.
5. Agar mehnatning kapital bilan qurollanishi mehnat unumdorligiga nisbatan tezroq o‘ssa, u holda: a) kapital qaytimi pasayadi;
b) kapital qaytimi o‘sadi;
c) aholi jon boshiga milliy daromad o‘sadi;
d) mamlakatning milliy boyligi ortadi;
e) kapital samaradorligi ortadi.
6. Iqtisodiy o‘sishning sifat darajasini qanday ko‘rsatkichlar orqali ifodalab bo‘lmaydi? a) bir-birlik qo‘shimcha milliy daromad yaratish uchun sarf langan xarajatlar kamayib borsa;
b) 1% iqtisodiy o‘sishga erishish uchun sarflangan xarajatlarning o‘zgarishi ro‘y bersa;
c) mehnat unumdorligining o‘zgarishi sodir bo‘lsa;
d) mamlakatning tabiiy-geografik joylashuvi o‘zgarsa;
e) iqtisodiy o‘sishga erishish uchun sarflangan kapital miqdori ortsa.
7. Iqtisodiy o‘sishning intensiv omillariga nimalar kiradi? a) band bo‘lgan ishlovchilarning soni ortishi;
b) mehnat unumdorligining ortishi;
c) ishlab chiqarish maydonlarining kengayishi;
d) mavjud texnologiya darajasida investitsiya hajmining o‘sishi;
e) mavjud uskunalar miqdorining ortishi.