Uy xo‘jaliklari ixtiyoridagi daromadlari bir qismining foizli daromad olish va kelajakdagi iste’molini qondirish maqsadida to‘planib borishi nimani anglatadi?
15. Uy xo‘jaliklari ixtiyoridagi daromadlari bir qismining foizli daromad olish va kelajakdagi iste’molini qondirish maqsadida to‘planib borishi nimani anglatadi? a) boylik to‘plashni;
b) jamg‘arma qilishni;
c) iqtisodiy jamg‘armani;
d) kelajagini moliyaviy ta’minlashni;
e) kelajagiga kapital qo‘yishni.
16. Jamg‘armani amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadlardan qaysi biri bugungi pul daromadining kelgusidagi qiymatini oshirishga qaratiladi? a) uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar sotib olish;
b) foiz shaklida daromad olish;
c) favqulodda holatlardan iqtisodiy himoyalanish;
d) qarilik davrini moddiy ta’minlash;
e) farzandlarining kelajagini ta’minlash.
17. Iste’mol va jamg‘arma darajasiga ta’sir ko‘rsatmaydigan omilni toping: a) shaxsiy daromad, jamg‘arilgan boylik;
b) narxlar, soliqlar darajasi;
c) narxlar, daromadlar va tovarlar taklifi o‘zgarishi kutilishi;
d) iste’molchi qarzlari miqdori;
e) iste’molchilar soni va yosh tarkibi.
18. Quyidagilardan qaysi biri iste’mol va jamg‘arma bo‘yicha aniqlanadigan ko‘rsatkich emas? a) iste’molga o‘rtacha moyillik;
b) jamg‘armaga o‘rtacha moyillik;
c) iste’molga keyingi moyillik;
d) jamg‘armaga keyingi moyillik;
e) iste’mol tarkibi va jamg‘arma me’yori.
19. Uy xo‘jaliklari ixtiyoridagi daromadga bog‘liq bo‘lmagan sarflar qanday nomlanadi? a) ortiqcha iste’mol sarflari;
b) me’yoridan ortiqcha sarflar;
c) avtonom iste’mol sarflari;
d) kutilmagan sarflar;
e) ko‘zda tutilmagan sarflar.
20. Milliy daromad (foyda)ning bir qismini ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida sarflanish jarayoni–bu: a) ishlab chiqarishning markazlashuvi;
b) ishlab chiqarishning to‘planuvi;
c) iqtisodiy jamg‘arish;
d) kapital qo‘yish;
e) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.
21. Iqtisodiy jamg‘arish darajasiga ta’sir ko‘rsatmaydigan omilni angiqlang: a) milliy daromad miqdori;
b) milliy daromadda iste’mol va jamg‘arma nisbati;
c) qo‘llaniladigan resurslar miqdori va unumdorligi;
d) mavjud texnologiya;
e) foydalanishda bo‘lgan iqtisodiy resurslar nisbati.