19. To‘liq bandlilik sharoitida tabiiy ishsizlik nimada namoyon bo‘ladi? a) siklli ishsizlikda;
b) friksion ishsizlikda;
c) ishsizlik «O»ga teng bo‘lganda;
d) tarkibiy ishsizlikda;
e) friksion va tarkibiy ishsizlikda.
20. Ishsizlikning qaysi turi tabiiy ishsizlik hisoblanmaydi? a) friksion ishsizlik;
b) sikllik ishsizlik;
c) friksion va tarkibiy ishsizlik;
d) tarkibiy ishsizlik;
e) yuqoridagilarning barchasi.
21. Yalpi ishchi kuchining miqdor ko‘rsatkichi bu – a) bilim darajasi;
b) malaka va ko‘nikmasi;
c) kasbiy mahorati;
d) ish tajribasi;
e) mehnat resurslari.
22. Quyidagilardan qaysi biri mehnat resurslari tarkibiga kirmaydi? a) 16-55 yoshdagi mehnatga layoqatli ayollar;
b) 16-60 yoshdagi mehnatga layoqatli erkaklar;
c) mehnatga layoqatli yoshdan katta ishlayotganlar;
d) mehnatga layoqatli yoshdan kichik ishlayotganlar;
e) balog‘at yoshiga yetmagan va pensiya yoshidagi ishlamaydiganlar.
23. Iqtisodiy faol aholi – bu: a) mehnatga layoqatli yoshdagilar;
b) iqtisodiyotda band bo‘lganlar;
c) band bo‘lganlar va mehnatga layoqatli, ish qidirayotganlar;
d) band bo‘lganlar va ishsizlar;
e) real iqtisodiyot sektorida band bo‘lganlar.
24. Mehnat resurslarini aniqlashda mehnatga layoqatli bo‘lganlar sonidan kimlar chiqarilmaydi? a) nogironlar;
b) ruhiy kasallar;
c) maxsus muassasalarga joylashganlar;
d) xorijga chiqib ketayotganlar;
e) faol ish qidirayotganlar.
25. Ishchi kuchining iqtisodiy faollik darajasi bo‘yicha tarkibi bu – a) alohida yosh guruhlar tarkibi;
b) iqtisodiy faol qismi band bo‘lganlar va ishsizlar;
c) erkaklar va ayollar;
d) oliy va o‘rta ma’lumotlarga ega bo‘lganlar;
e) alohida tarmoqlarda band bo‘lganlar.
26. Ishchi kuchi ma’lumot darajasi va kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha guruhlarga ajratilsa–bu: a) tarmoq tarkibini aks ettiradi;
b) hududiy tarkibni aks ettiradi;
c) mulkiy tarkibni aks ettiradi;
d) intellektual tarkibni aks ettiradi;
e) yosh tarkibini aks ettiradi.