53. Quyidagilardan qaysi biri agrar inqirozning namoyon bo‘lish shakli emas? a) narxlarning pasayishi, daromadlar va foydaning kamayishi;
b) qishloq xo‘jalik mahsulotlarining nisbatan ortiqcha ishlab chiqarilishi;
c) iqtisodiy faollikka siklik rivojlanish xosligi;
d) fermerlar qarzlarining ortishi, ularning ommaviy ravishda sinishi;
e) qishloqda ishsizlikning o‘sishi.
54. Agrar inqirozga xos bo‘lmagan xususiyatni toping: a) siklli xarakterga ega bo‘lmaydi;
b) ancha uzoq davrga cho‘zilib ketadi;
c) mahsulotlar nisbatan ortiqcha ishlab chiqariladi;
d) mahsulotlarning sotilmagan zaxiralari to‘planishi;
e) iqtisodiy faollik sikl fazalarida o‘zgaradi.
5 вариант
1. Iqtisodiyotdagi turg‘unlik tufayli yuzaga kelgan ishsizlikni: a) tarkibiy ishsizlik;
b) siklli ishsizlik;
c) fraksion ishsizlik;
d) mavsumiy ishsizlik;
e) ixtiyoriy ishsizlik turiga kiritish mumkin.
2. Ishsizlikning tabiiy darajasi: a) iqtisodiyotda siklli ishsizlik mavjud bo‘lmagandagi ishsizlik darajasi;
b) o‘z ixtiyori bilan ishlashni xohlamaganda, vujudga kelgan ishsizlik;
c) iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilganda, vujudga kelgan ishsizlik;
d) mavsumga ko‘ra vujudga keladigan ishsizlik;
e) mehnat bozorini samarali tashkil qilinmagani sababli vujudga kelgan ishsizlik.
3. Potensial YAIM bu ... a) yil davomida haqiqiy yaratilgan YAIM;
b) mamlakat tomonidan ishlab chiqarish rejalashtirilgan YAIM;
c) «resurslarning to‘la bandligi» sharoiti, ya’ni tabiiy ishsizlik darajasida yaratilgan YAIM;
d) joriy baholarda hisoblangan YAIM;
e) o‘zgarmas baholarda hisoblangan YAIM.
4. Ishsizlikning asosiy turlari bu ... a) mavsumiy, friksion, tarkibiy ishsizlik;
b) tarkibiy, ixtiyoriy, yashirin ishsizlik;
c) friksion, tarkibiy, yashirin ishsizlik;
d) friksion, mavsumiy, siklli ishsizlik;
e) friksion, siklli, tarkibiy ishsizlik.