46. Siklning qaysi fazasida iqtisodiy faollik o‘zining eng past darajasiga tushib, nisbatan muqim bo‘lib turadi? a) inqiroz;
b) turg‘unlik;
c) jonlanish;
d) yuksalish;
e) inqiroz, turg‘unlik.
47. Iqtisodiy siklni farqlantiruvchi belgini toping: a) siklli ro‘y berishi;
b) iqtisodiy faollikning o‘zgarishi;
c) fan-texnika taraqqiyotini aks ettirish;
d) yalpi talab va yalpi taklif mutanosibligi buzilishi;
e) davomiyligi va intensivligi.
48. Iqtisodiy faollikni tavsiflovchi qaysi ko‘rsatkich sikl fazalarini ajratishda asosiy mezon hisoblanadi? a) ishlab chiqarishning real hajmi;
b) bandlik va ishsizlik darajasi;
c) foiz stavkasi o‘zgarishi;
d) valyuta kurslari tebranishi;
e) pul massasi hajmi.
49. Iqtisodiy inqiroz natijasidan unchalik katta yo‘qotishga uchramaydiganlar – bu: a) investitsiya tovarlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar;
b) qurilish sohalari;
c) uzoq muddat foydalanuvchi iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar;
d) qayd qilingan daromad oluvchilar;
e) kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilar.
50. Iqtisodiy inqiroz natijasidan ancha ko‘p yo‘qotishga uchraydiganlar – bu: a) kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilar;
b) monopoliya mavqeiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar;
c) qayd qilinmagan yuqori daromad oluvchilar;
d) ishlab chiqarish vositalari yaratuvchilari;
e) qarz olganlar.
51. Tarkibiy inqirozlarni kelitirib chiqaruvchi omilni toping: a) FTT, talab tarkibidagi o‘zgarishlar;
b) asosiy kapitalning xizmat davri;
c) davlatning iqtisodiy siyosati;
d) qimmatli resurslar yirik zaxiralari topilishi;
e) investitsion faollikning ortishi.
52. Chakana savdodagi mavsumiy yoki davrli sezilarli tebranishlar nimaning natijasi hisoblanadi? a) tovarlar taqchilligining;
b) narxlar tushishining;
c) daromadlar ko‘payishi;
d) bayramlar arafasidagi ommaviy xaridlar ortishining;
e) savdo shaxobchalari kengayishining.