36. O‘zgarmaydigan tovarlar to‘plami uchun narxlarning o‘sish sur’ati qanday indeksda aniqlanadi? a) Paashe indeksida;
b) Laspeyres indeksida;
c) Fisher indeksida;
d) chakana tovarlar narxi indeksida;
e) ulgurji tovarlar narxi indeksida.
37. Bitimlar uchun zarur bo‘lgan pulga talab quyidagicha o‘zgaradi: a) foiz stavkasi o‘sganda, ortadi;
b) foiz stavkasi pasayganda, kamayadi;
c) nominal YAIM hajmi o‘sishiga qarab, pasayadi;
d) nominal YAIM hajmi kamayishiga qarab, pasayadi;
e) foiz stavkasi o‘zgarmaganda, kamayadi.
38. Pul va tovar massasi o‘zgarmagani holda pulning aylanish tezligining ortishi... a) pulning xarid qobiliyati o‘sishiga;
b) narxlarning tushishiga;
c) narxlarning o‘sishiga;
d) narxlarning o‘zgarmasligiga;
e) iqtisodiy o‘sishga olib keladi.
39. Inflyatsiyadan eng ko‘p talafot ko‘radigan qatlam, bu... a) tovarlar, qimmatli qog‘ozlar, valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi vositachilar;
b) kredit olgan iqtisodiy agentlar va yuridik shaxslar;
c) pulni o‘z vaqtida ko‘chmas mulkka, qimmatbaho narsalarga, qadrli valyutaga almashtirganlar;
d) davlat monopolistik tuzilmasini ifodalovchi guruhlar;
e) kam daromad oluvchi kambag‘al qatlam.
40. Balanslashmagan inflyatsiya, bu... a) bir xil tovarlar narxining har xil ko‘tarilishi;
b) to‘satdan narxlarning ko‘tarilib ketishi;
c) har xil tovarlar narxining o‘sish sur’atlari turlicha bo‘lishi;
d) har xil tovarlar narxlari o‘sish sur’atlarining yuqoriligi;
e) har xil tovarlar narxining uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda bir-biriga yaqin o‘sishi.
41. Denominatsiya, bu … a) eski pul birliklarini ma’lum nisbatda yangi pullar bilan almashtirish;
b) qadrsizlangan puldan voz kechish;
c) pul tizimida ro‘y bergan tanglik natijasida pulning to‘lov vazifasini bajara olmay qolishi;
d) davlat tomonidan rasmiy ravishda valyuta kursini pasaytirish;
e) muomalaga qo‘shimcha pul chiqarish.