50. Quyidagi hollardan qaysi birida pulning taklifi ko‘payadi? a) tovar va xizmatlarni davlat tomonidan sotib olish hajmi ko‘paysa;
b) Markaziy bank aholidan davlat obligatsiyalarini sotib olsa;
c) aholi xususiy kompaniyalar obligatsiyalarini sotib olsa;
d) korporatsiya o‘z aksiyalarini aholiga sotsa;
e) yuqoridagilarning barchasida.
51. Tovarlar hajmiga nisbatan pul miqdorining muomalada ko‘payishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? a) ishlab chiqarish hajmi o‘sadi, narx-navo o‘zgarmaydi;
b) ishlab chiqarish hajmi o‘sadi, narx-navo pasayadi;
c) narx-navo o‘sadi, ishlab chiqarish hajmi o‘smaydi;
d) ishlab chiqarish va narx-navo bir vaqtda mutanosib o‘sadi;
e) yuqoridagi barcha holatlarga olib keladi.
52. Pul taklifi o‘sadi – agarda: a) davlat tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar qayta sotilsa;
b) xususiy kompaniyalar aholiga obligatsiyalarini sotsa;
c) markaziy bank aholidan davlat obligatsiyalarini sotib olsa;
d) aholi xususiy kompaniyalarning obligatsiyalarini sotib olsa;
e) yuqoridagi barcha hollarda.
53. Aholining qaysi qatlamiga inflyatsiya nisbatan ko‘proq zarar keltiradi? a) tadbirkorlarga;
b) mulk egalariga;
c) aksiya egalariga;
d) ish boshqaruvchilarga;
e) pensionerlarga.
54. Kutilmagan inflyatsiyadan kim nisbatan eng ko‘p zarar ko‘radi? a) ishbay ish haqi oluvchilar;
b) pul jamg‘armalariga ega bo‘lmaganlar;
c) qarzdorlar;
d) kambag‘al va qashshoqlar;
e) qarz beruvchilar.
55. Pul bozorida muvozanatlik nimaga bog‘liq? a) muomalaga chiqarilgan pul miqdoriga;
b) muomalaga chiqarilgan tovarlar miqdoriga;
c) tovarlarga bo‘lgan talab va taklif nisbatiga;
d) pulga bo‘lgan talab bilan taklif o‘rtasidagi nisbatga;
e) moliya bozorining rivojlanganlik darajasiga.
56. Ssuda foizi nazariyasiga ko‘ra pulga bo‘lgan umumiy talabni nima aniqlaydi? a) muomala (bitim) uchun pulga talab;
b) investitsiyalar (aktivlar) tomonidan pulga talab;
c) sof eksport hajmi;
d) a) va b) to‘g‘ri;
e) b) va c) to‘g‘ri.