36. Quyidagilardan qaysi biri davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi bilvosita usullariga kirmaydi? a) narxlarni “muzlatib” qo‘yish;
b) hisob stavkalarini o‘rnatish va o‘zgartirish;
c) tijorat banklari majburiy ehtiyojlari minimal darajasini belgilash;
d) davlatning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari;
e) byudjet daromadlari va xarajatlari nisbatini o‘zgartirish.
37. Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishga qaratilgan bilvosita usullaridan qaysi biri yalpi talabni kengaytiradi? a) soliq turlari, stavkalari va imtiyozlarini belgilash;
b) davlat kreditlari, subsidiya va moliyaviy kafolatlarini amalga oshirish;
c) byudjet mablag‘lari hisobiga investitsiyalar qo‘yish;
d) jadallashgan amortizatsiyani rag‘batlantirish;
e) davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
38. Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishga qaratilgan tashqi iqtisodiy usullaridan qaysi biri tashqi savdoni me’yorlashtirishga qaratiladi? a) tovarlar, kapital va innovatsiya yutuqlari eksportini rag‘batlantirish;
b) eksportni davlat mablag‘lari hisobiga kreditlash;
c) chet el investitsiyalari va kreditlarini kafolatlash;
d) tashqi savdoga tarifli va tarifsiz cheklashlar kiritish;
e) davlatning xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarda qatnashishi.
39. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishining ma’muriy vositasi (dastagi)ni toping: a) bankning majburiy ehtiyoti;
b) soliqlar;
c) pensiya va ishsizlik nafaqasi;
d) qonunlar va huquqiy bitimlar;
e) import kvotalari.
40. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishining kreditli dastagini toping: a) qarorlar, farmoyishlar va boshqa me’yoriy bitimlar;
b) hisob stavkasi;
c) subsidiya va dotatsiyalar;
d) ish haqining minimal darajasi;
e) boj to‘lovlari.
41. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishining moliyaviy vositasi, bu… a) qonunlar, qarorlar va boshqa me’yoriy hujjatlar;
b) valyuta kurslari;
c) davlat investitsiyalari;
d) litsenziyalar;
e) mahsulot sifatiga standartlar.