42. Aholi turmush darajasining qaysi ko‘rsatkichi uning alohida guruhlari uchun aniqlanadi? a) aholining jon boshiga ishlab chiqarilgan YAIM;
b) aholining jon boshiga ishlab chiqarilgan SMM;
c) aholining jon boshiga ishlab chiqarilgan MD;
d) aholining jon boshiga to‘g‘ri keladigan iste’mol tovarlari, uy-joy maydoni va uzoq muddat foydalanilagan tovarlar;
e) iste’molchilik byudjeti.
43. Aholining alohida guruhlari uchun aniqlanadigan iste’molchilik byudjetlaridan qaysi biri ko‘proq qo‘llaniladi? a) yuqori darajada mo‘l-ko‘l ta’minlanganlar byudjeti;
b) o‘rtacha oila byudjeti;
c) eng kam ta’minlanganlar byudjeti;
d) pensionerlar byudjeti;
e) boshqa ijtimoiy guruhlar byudjeti.
44. Eng kam iste’mol byudjetini hisoblashning qaysi usulidan amalda ko‘proq foydalaniladi? a) ekspert baholash;
b) sotsiologik kuzatish;
c) iste’mol savati asosida;
d) regressiv usul: iste’molning eng kam qiymati, turli xarajat va daromadlar nisbati orqali;
e) prognozlash usuli.
45. “Turmush sifati indeksi”da qaysi ko‘rsatkich aholining iqtisodiy faolligini aks ettiradi? a) sog‘liqni saqlash holati;
b) ta’lim darajasi;
c) o‘rtacha umr kechirish yoshi;
d) bandlik darajasi;
e) ijtimoyi-siyosiy faollik.
46. Quyidagilarning qaysi biri “inson kamoloti indeksi” ko‘rsatkichi tarkibiga kirmaydi? a) aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM;
b) aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan SMM, MD;
c) kutilayotgan umr kechirish yoshi;
d) ta’lim darajasi;
e) ish haqi darajasi.
47. Davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatish, bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish va aholini samarali ijtimoiy himoyalash siyosati qanday nomlanadi? a) iqtisodiy siyosat;
b) ijtimoyi siyosat;
c) monetar siyosat;
d) fiskal siyosat;
e) ijtimoiy-iqtisodiy siyosat.