34. Daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi qaysi omil kishilarning bozordagi monopol mavqeidagi farqlardan foydalanish natijasini ko‘rsatadi? a) kishilarining umumiy layoqati, ta’lim va malakaviy tayyorganlik darajasidagi farqlar;
b) tadbirkorlik mahoratidagi farqlar;
c) bozorda hukmronlik qilish layoqatidagi farqlar;
d) mulkka egalik qilishdagi farqlar;
e) omad, tasodif va boshqa favqulodda holatdagi farqlar.
35. Daromadlarning o‘rtacha darajasidan alohida kishilar, oilalar, aholi qatlami va guruhlari daromadlarining farq qilishlik darajasi nimani ko‘rsatadi? a) daromadlar tabaqalanishini;
b) daromadlar tengsizligini;
c) daromadlar shkalasini;
d) daromadlar farqlanishini;
e) daromadlar farqsiz egri chizig‘ini.
36. Quyidagilardan qaysi biri daromadlar tengsizligini aniqlash masalasiga tegishli emas? a) Lorens egri chizig‘i;
b) Ditsel koeffitsiyenti;
c) Djinni koeffitsiyenti;
d) Engel qonuni;
e) Fisher tenglamasi.
37. Oilalarning turli qatlamlari o‘rtasidagi daromadlar tengsizligini qanday qilib miqdoriy aniqlash mumkin? a) Lorens egri chizig‘i;
b) Ditsel koeffitsiyenti;
c) Djinni koeffitsiyenti;
d) Engel qonuni;
e) Fisher tenglamasi bilan.
38. Qaysi ko‘rsatkich orqali aholining 10 foiz ancha yuqori va eng kam ta’minlangan qismining o‘rtacha yillik daromadlarini taqqoslash orqali uning tengsizligini aniqlash mumkin? a) Lorens egri chizig‘i;
b) Ditsel koeffitsiyenti;
c) Djinni koeffitsiyenti;
d) Engel qonuni;
e) Fisher tenglamasi bilan.
39. Daromadlar tengsizligi indeksi qaysi ko‘rsatkichda aniqlanadi (tengsizlik qancha katta bo‘lsa “1”, tenglashib borganda “0” koeffitsiyentga yaqinlashadi)? a) Lorens egri chizig‘i;
b) Ditsel koeffitsiyenti;
c) Djinni koeffitsiyenti;
d) Engel qonuni;
e) Fisher tenglamasida.
40. Quyidagilardan qaysi biri davlatning daromadlar tengsizligini yumshatishga qaratilgan siyosatiga tegishli emas? a) daromadlar, foyda va ish haqidan olinadigan soliqlarni tabaqalashtirish;
b) transfert to‘lovlarini amalga oshirish;
c) ijtimoiy yordam dasturlarini ro‘yobga chiqarish;
d) xayr-ehson tadbirlarini amalga oshirish;
e) pul taklifini tartibga solish.
41. Aholining hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda ehtiyojlarning bunday ne’matlar bilan qondirilish darajasi nimani bildiradi? a) aholi farovonligini;
b) aholi turmush darajasini;
c) aholi iste’molini;
d) aholi turmush sifatini;
e) aholinig iqtisodiy ahvolini.