22. Aholini ijtimoiy himoyalashning samaradorligini oshirish qanday vazifalarni hal qilishga bog‘liq? a) ishlab chiqarishni muttasil rivojlantirishga;
b) davlat mablag‘lari bilan birga mehnat jamoasi va boshqa tashkilotlar mablag‘larini keng jalb qilishga;
c) odamlarning qobiliyatini faollashtirishni ta’minlaydigan kuchli mexanizmni vujudga keltirishga;
d) aholi daromadlarida asossiz katta farqlarga yo‘l qo‘ymaslik, qashshoqlikka qarshi kurash;
e) yuqoridagilarning barchasiga.
23. Aholini ijtimoiy himoyalashning qaysi tamoyili ularning mehnat faolligini rag‘batlantirishga qaratiladi? a) aholining turli guruhlarini himoyalashga tabaqalashgan holda yondashish;
b) barcha darajada aholining ijtimoiy-huquqiy va erkinliklarini yagona kafolatlar tizimiga uyushtirish;
c) aholining turmush darajasini ko‘tarishda ularning shaxsiy daromadlari rolini doimiy oshirib borish;
d) ijtimoiy kafolatlarning moslashuvchanligini ta’minlashda;
e) ijtimoiy himoya tizimining resurs bazasini mustahkamlash.
24. Taqsimlash to‘g‘risidagi qaysi g‘oya bozor iqtisodiyoti atamasiga ko‘proq to‘g‘ri keladi? a) “Teng taqsimlash” g‘oyasi;
b) “Eng kam ta’minlangan aholi qatlamining me’yorida hayot kechirishini ta’minlash” g‘oyasi;
c) “Kishilarning jamiyatda tutgan o‘rni, ya’ni nufuzini hisobga olish” g‘oyasi;
d) “Mehnatning miqdori va sifatini hisobga olish” g‘oyasi;
e) “Resurs egalarining pirovard natijaga qo‘shgan hissasini hisobga olish” g‘oyasi.
25. Quyidagilardan qaysi biri bozor iqitisodiyoti sharoitida taqsimotning xususiyatini anglatmaydi? a) taqsimot daromadlar cheklanishini inkor qiladi;
b) taqsimot yuqori daromadli sohalarda faoliyat yuritishni tanlash imkonini beradi;
c) taqsimot resuslarning keyingi unumdorligi hamda talab va taklif qonuniyatlarini hisobga oladi;
d) taqsimotga davlatning aralashuvi qayta taqsimlash jarayoni doirasi bilan cheklanadi;
e) taqsimot sarflangan mehnatning miqdor va sifatini hisobga oladi.