17. Aholi real daromadining o‘sishi qaysi holda ro‘y beradi? a) nominal daromad va narxlarning o‘sishi mutanosib bo‘lganda;
b) nominal daromad narxlardan tez o‘sganda;
c) narxlar nominal daromaddan tez o‘sganda;
d) soliqlar va majburiy to‘lovlar nominal daromaddan tez o‘sganda;
e) iste’mol bozori to‘yinganlik darajasi pasayganda.
18. Qaysi daromad turi xodimlar mehnatining natijasiga bog‘liq? a) ish haqi;
b) dividend;
c) foiz;
d) renta;
e) ijara haqi.
19. Aholi turmush darajasi keskin pasayib ketishining oldini olishga qaratilgan tadbirlardan qaysi biri iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichiga tegishli emas? a) miqdori o‘zgarib turadigan pul to‘lovlarini muntazam amalga oshirish;
b) imtiyozlar va turli dotatsiyalar tarzidagi bilvosita to‘lovlarni qo‘llash;
c) qo‘shimcha ijtimoiy imtiyozlarning butun bir tizimi amal qilishi;
d) fuqarolarga turar-joylarning bepul shaxsiy mulk qilib berilishi;
e) aniq maqsadli va aholining eng muhtoj tabaqalarini qamrab oladigan ijtimoiy himoyalash tizimini joriy qilish.
20. O‘zbekistonda aholining ma’naviy-ruhiy tiklanishi qanday negizga asoslanadi? a) umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
b) xalqning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
c) insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
d) vatanparvarlik;
e) yuqoridagilarning barchasi.
21. Respublikada amalga oshirilgan islohotlar natijasida qanday ma’naviy-ruhiy saboqlar olindi? a) alohida yangilanish, taraqqiyot yo‘liga, kelajakka ishonch ruhi paydo bo‘ldi;
b) davlat mustaqilligini saqlash va iqtisodiy barqarorlikka erishish avvalo aholi birdamligi, osoyishtaligi va tinchligiga bog‘liqligi ruhiyatimizga singib bordi;
c) dunyoqarashimizda tub o‘zgarishlar bo‘lmas ekan buyuk maqsadlarga erishish mumkin emasligi anglab yetildi;
d) sharqona hayot tarziga, tarixiy o‘tmishga va islom falsafasi g‘oyalariga xos iqtisodiyot barpo etilayotganligiga ishonch uyg‘ondi;
e) yuqoridagi barcha javoblar to‘g‘ri.