Bu belgi yo‘lning bir tomonlama harakatlanish qismi tugab, qarama-qarshi harakatlanish qismi boshlanishi oldida o‘rnatiladi.
«Piyodalar o‘tish joyi». 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1 - 1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar o‘tish joyi.
Bu belgi haidovchini svetofor bilan boshqarilmaydigan piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashayotganligi haqida ogohpantiradi
«Bolalar».
Bu belgi haydovchini bolalar muassasasiga (bog‘cha maktab, internat va shu kabi joy- larga) yaqinlashayotganligini va yo‘lning bu qismidan har daqiqada bolalar chiqib qolishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Belgi aholi yashamaydigan joylarda takrorlanadi.
«Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv».
Bu belgi velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv (chorraha emas) joylari yaqinida o‘rnatiladi. Bunday kesishuvlarda imtiyoz haydovchi tarafida bo‘lsa ham, tezlikni kamaytirib, e’tiborni oshirish lozim.