§ Birinchi darajali taqqoslamalar sistemalari



Yüklə 37,27 Kb.
səhifə2/3
tarix13.05.2022
ölçüsü37,27 Kb.
#57847
1   2   3
§ Birinchi darajali taqqoslamalar sistemalari

t1 = 7t2 + 1 ni x = 80t1 + 13 ifodaga qo’yib, x = 80 (70t2 + 1) + 13 = 560t2 + 93 ni hosil qilamiz. Shunday qilib, x ≡ 93 (mod 560).

Tekshirish: 93 – 13 ayirma 16 ga bo’linadi; 93 – 13 ayirma 10 ga bo’linadi; 93 – 9 ayirma 14 ga bo’linadi.

Eslatma. 16t ≡ 0 (mod 10) taqqoslamani yechishda biz 8t ≡ 0 (mod 5) taqqoslamani hosil qildik, uning yechimi t ≡ 0 (mod 5), yoki t = 5t1 berilgan taqqoslamaning x = 80t1 + 13 yechimiga olib keldi. Ammo 16t ≡ 0 (mod 10) taqqoslamaning ikkinchi t ≡ 5 (mod 10), yoki t = 10t1 + 5 yechimi ham mavjud (chunki, d = (16, 10) = 2). Bu yechimni x = 16t + 13 ifodaga qo’yib,

x = 16(10t1 + 5) +13 = 160t1 + 93 yechimni hosil qilamiz. Lekin

93 ≡ 13 (mod 80) bo’lganligi uchun, ya’ni 93 va 13 sonlari 80 modul bo’yicha bir sinfga tegishli bo’lganligi uchun x ning bu qiymatiga mos bo’lgan yechim qaralmaydi.

Bu eslatmadan (1-misol) agar sistemaning biror taqqoslamasi yoki t1 ga nisbatan biror taqqoslama m modul bo’yicha d ta yechimga ega bo’lsa, u holda sistemani yechimini topish uchun d ta yechimga ega bo’lgan taqqoslama yechimini unga teng kuchli bo’lgan m/d modul bo’yicha taqqoslama yechimi bilan almashtirish yetarlidir.

Misol 2. Taqqoslamalar sistemasini yeching:





Yechilishi. Sistemaning har bir taqqoslamasini alohida yechib, bu sistemaga teng kuchli bo’lgan quyidagit sistemani hosil qilamiz:

Bu sistemaning modullari juf-jufti bilan o’zaro tub sonlardan iborat bo’lganligi uchun uning yechimini (7) formula bilan topish mumkin.



M = [11, 7, 5] = 385, , ,

sonlarni topib, quyidagi taqqoslamalarni tuzamiz:

35u1 ≡1 (mod 11), 55u2 ≡1 (mod 7), 77u3 ≡1 (mod 5),

bu yerdan u1 = 6, u2 = - 1, u3 = 3 larni hosil qilamiz.

Endi (7) formuladan quyidagini hosil qilamiz:

x0 = 35⋅6⋅2 + 55⋅ (-1) ⋅5 + 77⋅3⋅4 = 1069 ≡299 (mod 385).

Shunday qilib, x ≡ 299 (mod 385).

Misol 3. Taqqoslamalar sistemasini yeching:



Yechilishi. Berilgan sistemaning uchinchi taqqoslamasida (3, 12) = 3, ammo 8 soni 3 ga bo’linmaydi, shuning uchun bu taqqoslama ham berilgan sistema ham yechimga ega emas.

Misol 4. Taqqoslamalar sistemasini yeching:





Yechilishi. Sistemaning dastlabki ikkita taqqoslamasi x ≡ -1 (mod 3) va

x ≡ -1 (mod 2) taqqoslamalarga teng kuchli, shuning uchun ularni uchinchi taqqoslamaning natijasi bo’lganligi uchun tashlab yuborilsa bo’ladi. Shunday qilib, sistema uchinchi taqqoslamasining yechimi sistemaning ham yechimi bo’ladi, ya’ni. x ≡ -1 ≡ 5 (mod 6).

Misol 5. 2, 3, 4, 5, 6 va 7 sonlariga bo’linganida mos ravishda 1, 2, 3, 4, 5 va 0 qoldiq hosil bo’ladigan sonni toping.



Yechilishi. Masala yuidagi taqqoslamalr sistemasiga keltiriladi:



x ≡ 1 (mod 2) yoki x ≡ 3 (mod 2) taqqoslama x ≡ 3 (mod 4) taqqoslamaning natijasi sifatida tashlab yuborilishi mumkin. Xuddi shunday x ≡ 2 (mod 3) taqqoslama ham olinmaydi.

Shunday qilib, quyidagi sistemani hosil qilamiz:



Bu sistemani yechib, x ≡ 119 (mod 420) ni hosil qilamaiz.

Misol 6. Quyidagi taqqoslama yechimga ega bo’ladigan a ning qiymatlarini toping:




Yüklə 37,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin