“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. 
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
 
111 
Tarix falsafasi rivojlanishining hozirgi bosqichida tarixning shunday bir talqini vujudga keladiki, 
unda mualliflar bu muqobil yondashuvlarning ijobiy g‘oyalaridan foydalanishga va ularning 
kamchiliklari o‘rnini to‘ldirishga harakat qiladilar. Mazkur yondashuv «monadaga doir 
yondashuv», degan nom olgan. Monadaga doir yondashuvning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, 
u jahon tarixiy jarayoniga ko‘p sonli tarixiy individlar (sotsiumlar)dan iborat bo‘lgan yaxlitlik 
sifatida qaraydi. Bunda monadaga doir yondashuvning formatsion elementi tarixiy rivojlanishning 
ayni bir bosqichini boshdan kechirayotgan turli mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan jihatlarga, 
sivilizatsion element esa, ijtimoiy organizmlarning xususiyatlariga, ularning betakrorligiga 
e’tiborni qaratadi. Shunday qilib, monadaga doir yondashuv doirasida formatsion yondashuvning 
umumlashtiruvchi 
imkoniyatlari 
va sivilizatsion 
yondashuvning 
individuallashtiruvchi 
imkoniyatlari ularni qarama-qarshi qo‘yish asosida emas, balki ularning yagonaligi va bir-birini 
to‘ldirishini tan olish asosida hisobga olinadi va ro‘yobga chiqariladi. Yuqorida qayd etib 
o‘tilganidek, tarixning mazmuni muammosi tarix falsafasining aksariyat yo‘nalishlarida ko‘zga 
ko‘rinadigan o‘rinni egallaydi. Ayni vaqtda shunday konsepsiyalar ham paydo bo‘lganki, ularda 
tarixning mazmuni muammosi markaziy muammo hisoblanadi.
Falsafa tarixida ildizlari ilk falsafiy tizimlarga borib taqaluvchi ancha kuchli qadriyatlarga doir 
an’anaga duch kelish mumkin. Qadimgi davrdayoq faylasuflarni qadriyatlar muammosi 
qiziqtirgan. Ammo o‘sha davrda qadriyat borliq bilan ayniylashtirilgan, qadriyatga xos bo‘lgan 
xususiyatlar esa uning mazmuniga kiritilgan. Masalan, Zardusht, Moniy, Suqrot va Platon uchun 
yaxshilik va adolat kabi qadriyatlar haqiqiy borliqning bosh mezonlari hisoblangan. Bundan 
tashqari, qadimgi faylasuflar qadriyatlarni tasniflashga harakat qilganlar. Xususan, Moniy zulmat 
va ziyo dunyosi mavjud, birinchi dunyoda adolatsizlik, zulm, zo‘ravonlik, ikkinchisida esa abadiy, 
engilmas doimiy qadriyatlar hukm suradi, deb hisoblaydi. Aristotel o‘ziga to‘q qadriyatlarni (ular 
jumlasiga faylasuf inson, baxt, adolatni kiritgan) va anglab etish imkoniyati insonning oqilligiga 
bog‘liq bo‘lgan nisbiy qadriyatlarni farqlaydi.
Turli falsafiy davrlar va ularda mavjud bo‘lgan falsafiy maktablar qadriyatlar tushunchasining 
shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Masalan, O‘rta asrlarda G‘arbda ham, Sharqda ham 
qadriyatlar diniy xususiyat kasb etgan va ilohiy mohiyat bilan bog‘langan. Uyg‘onish davrida 
A.Navoiy, A.Jomiy, Rumiy, Leonardo da Vinchi ijodida insonparvarlik va hurfikrlilik qadriyatlari 
birinchi o‘ringa chiqqan. Jumladan A.Navoiyning odil jamiyat qurish haqidagi g‘oyasida 
umuminsoniy qadriyatlar tizimi, komil inson ta’limotida esa, eng etuk inson qiyofasiga xos shaxsiy 
qadriyatlar tizimi ifodalangan.
YAngi davrda qadriyatlar haqidagi ta’limotga nisbatan yondashuvlar ratsionalizm nuqtai 
nazaridan tavsiflana boshlanganki, bu hol fanning rivojlanishi va yangi ijtimoiy munosabatlarning 
shakllanishi bilan izohlanadi. Bu davrda qadriyatlar va ularning mezonlari muammosi Rene 
Dekart, Benedikt (Barux) Spinoza, Klod Adrian Gelvetsiy, Pol Anri Golbax, A.Avloniy, 
A.Donish, Furqat, Muqimiy va boshqa mutafakkirlarning asarlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, 
A.Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida, «yaxshi xulqlar» – muhabbat, yaxshilik, adolat, 
haqiqat, shijoat, ibrat kabi ijobiy qadriyatlarni va razolat, g‘iybat, jaholat, adovat kabi «yomon 
xulqlar»ni farqlaydi. Keyinroq, XX asrda, o‘zbek faylasufi S.SHermuxamedov Avloniy g‘oyasini 
davom ettirib, insonga tabiat 36 ta ijobiy fazilat va 36 ta salbiy illat ato etganligini, ularning qay 
darajada namoyon bo‘lishini, inson o‘z hayotining qadriga etishida ko‘rinishini e’tirof etadi.
XX asrning boshida fransuz faylasufi P.Lapi qadriyatlar nazariyasini ifodalash uchun 
«aksiologiya» (yunon. «axios» – «qadriyat», «logos» – «fan», «ta’limot») atamasini muomalaga 
kiritdi. Keyinchalik, aksiologiya muammolari fenomenologiya, germenevtika, ekzistensializm va 
boshqa falsafiy yo‘nalishlarning vakillari tomonidan tadqiq etildi.
Aksiologiya nimani o‘rganadi? 
Aksiologiya – falsafaning qadriyatlarni o‘rganish bilan 
shug‘ullanuvchi alohida bo‘limi (yunon. «axios» – «qadriyatlar», «logos» – «bilim»: qadriyatlar 
haqidagi fan). 
Qadriyatlar ulkan falsafiy ahamiyatga ega. 
Qadriyatlar tushunchasi insonning 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin