“ Ijtimoiy fanlar


«qadriyat»  tushunchasining falsafiy mazmuni nimada



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

«qadriyat» 
tushunchasining falsafiy mazmuni nimada
? Qadriyat mohiyati va tabiatining asosiy 
xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1.
Qadriyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiydir va ob’ekt-sub’ektli xususiyat kasb etadi. 
Ma’lumki, jamiyat bo‘lmagan joyda qadriyatlar mavjudligi haqida gapirishning o‘zi behudadir. 
Zero, narsalar, voqealar, ularning inson Bilan, sotsium hayoti bilan aloqasisiz, o‘z holicha 
qadriyatlar bilan bog‘lanmaydi. Xullas, qadriyatlar doim insoniy qadriyatlar hisoblanadi va 
ijtimoiy xususiyat kasb etadi. Bu insoniylashgan tabiatga, ya’ni butun sivilizatsiyagagina emas, 
balki, hatto ko‘p sonli tabiat ob’ektlariga ham taalluqli. Masalan, kisloroddan iborat bo‘lgan 
atmosfera Erda inson paydo bo‘lishidan ancha oldin mavjud bo‘lgan, lekin kishilik jamiyati 
vujudga kelganidan keyingina atmosferaning odamlar hayoti uchun ulkan ahamiyati haqida so‘z 
yuritish imkoniyati tug‘ilgan.
2.
Qadriyat insonning amaliy faoliyati jarayonida vujudga keladi. Insonning har qanday 
faoliyati muayyan maqsadni belgilashdan boshlanadi va mazkur faoliyat ayni shu maqsadga 
erishishga bag‘ishlanadi. Maqsad – individga o‘zining muayyan ehtiyojlarini qondirish imkonini 
berishi mumkin bo‘lgan faoliyatning pirovard natijasi haqidagi insonning tasavvuri. SHunday 
qilib, individ o‘z faoliyatining mo‘ljallangan natijasiga avval-boshdanoq qadriyat sifatida qaraydi. 
SHu sababli, inson natijaga erishishga qaratilgan faoliyat jarayonining o‘ziga ham o‘zi uchun 
muhim, qadrli bo‘lgan jarayon sifatida yondashadi.
Albatta, insonning har qanday faoliyati va uning har qanday natijalari emas, balki ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy ehtiyojlarga va odamlarning manfaatlariga mos keladigan 
faoliyat va natijalargina qadriyatlarga aylanadi. Qadriyatlar qatoriga narsalargina emas, balki 
g‘oyalar, munosabatlar, faoliyat usullari ham kiradi. Biz moddiy ne’matlarni ham, insoniy 
xattiharakatlar ezguligini ham, davlat qonunlarining odilonaligini ham, olamning go‘zalligini ham, 
aqlning ulug‘vorligini ham qadrlaymiz.
3.
«Qadriyat» tushunchasini «muhimlik» tushunchasidan farqlash lozim. qadriyat 
«muhimlik» tushunchasi bilan nisbatlashadi, lekin u bilan ayniy emas. Muhimlik qadriyatga 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin