“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) 
116
inson nuqsonli mavjudot ekanligini ta’kidlaydi, uni «tabiat xalturasi», deb ataydi. Fransuz 
yozuvchisi va faylasufi J.P.Sartr (1905–1980) bu fikrni butunlay rad etadi. Uning fikricha, inson 
kelajakka qarab intiladi va shu tariqa o‘zini o‘zi yaratadi. U «Inson – odamzod kelajagidir», deb 
ta’kidlaydi. Shunday qilib, falsafaning ikki yarim ming yillik tarixi mobaynida insonga juda ko‘p 
ta’riflar va tavsiflar berildi, u ko‘p sonli sinonimlar orttirdiki, falsafiy tahlilning boshqa biron-bir 
ob’ektida bunday holga duch kelish mushkul. Zero, falsafa tarixida inson:

«aqlli mavjudot»;

«siyosiy hayvon»;

«tabiat gultoji»;

«hayotning boshi berk ko‘chasi»;

«hayotning soxta qadami»;

«mehnat qurollari yasovchi hayvon»;

«o‘zlikni anglash qobiliyatiga ega mavjudot»;

«ma’naviy va erkin mavjudot» va hokazolar sifatida talqin qilingan.
Inson qaerdan va qanday paydo bo‘lgani haqidagi ko‘p sonli g‘oyalar orasidan eng muhimlarini 
ajratib olsak, ularning barchasini ma’lum darajada shartlilik bilan ikki asosiy konsepsiya 
– 
insonning tabiiy va g‘ayritabiiy kelib chiqishi haqidagi konsepsiyalar 
doirasida birlashtirish 
mumkin.
Insonning kelib chiqishi haqidagi birinchi yondashuv insonning paydo bo‘lishiga olib kelgan 
tabiatning qonuniy rivojlanishi g‘oyasi
dan kelib chiqadi. Bunda
 
inson jonsiz, keyinchalik esa – 
jonli moddaning tabiiy evolyusiyasi mahsuli
 
sifatida qaraladi. Mazkur konsepsiya, 1859 yilda, 
inson kelib chiqishining
 
tabiiy-ilmiy talqiniga asos bo‘lgan, CH.Darvinning «Hayvon va o‘simlik 
turlarining kelib chiqishi haqida» deb nomlangan mashhur asarini e’lon qilgan evolyusion 
nazariyasiga tayanadi va hozirgi vaqtda molekulyar biologiya va gen injeneriyasi sohasida 
erishilgan eng so‘nggi yutuqlar ta’sirida o‘z shakl-shamoyilini
 
sezilarli darajada o‘zgartirib, 
aksariyat olimlar uchun ularning ilmiy faoliyatida o‘ziga xos dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Ikkinchi yondashuv insonga, Xudo yoki kosmik Aql mehnatining mahsuli sifatida qarab, uni 
g‘ayritabiiy asosdan keltirib chiqaradi
.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin