“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) 
118
bo‘lish – azob, xohlagan narsani qondirish uchun kurashish – azob. Aslida xohish-istaklar va 
ehtiroslardan ozod bo‘lmagan hayot har doim azob keltiradi. Bu – azob haqidagi haqiqatdir. 2. 
YAshashga nisbatan kuchli irodaga asoslangan xohish, agar hatto uning izlaydigan narsasi ba’zan 
o‘lim bilan tugasada, o‘zi xohlagan narsani izlaydi. Bu – azoblarning sababi haqidagi haqiqatdir. 
3. Agar insonning barcha ehtiroslari negizida yotgan xohish bartaraf etilishi mumkin bo‘lsa, unda 
ehtiros o‘ladi va odamning azoblari nihoyasiga etadi. Bu – azoblarning to‘xtatilishi haqidagi 
haqiqatdir. 4. Xohish-istaklar va azoblar bo‘lmaydigan holatga (nirvanaga) erishish uchun, to‘g‘ri 
tafakkur, to‘g‘ri fe’l-atvor, to‘g‘ri turmush tarzi, kuchg‘ayratga erishish zarur. Bu – azoblarning 
sababidan xalos bo‘lish haqidagi haqiqatdir Inson va jamiyat haqidagi dastlabki fikr-
mulohazalarni qadimgi Xitoy afsonalarida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Chunonchi, dastlabki 
inson Odam Ato Pango qiyofasida namoyon bo‘ladi. Eramizdan avvalgi XII asrda mavjud bo‘lgan 
CHjou davlatida dastlabki inson Odam Ato Pango yashagan ekan. Uning tanasidan tabiatning turli 
hodisalari kelib chiqqan ekan. Cheksiz bo‘shliqlardan iborat bo‘lgan olam uning qudratli 
zarbasidan er va osmonga bo‘linib ketgan. O‘zining sehrli kuch qudrati bilan olamda tartib-
intizom o‘rnatgan Odam Ato Pangodan odamzot bir umrga qarzdor emish. Inson to‘g‘risidagi 
mifologik-diniy qarashlar o‘rnini asta-sekin falsafiy qarashlar egallay boshladi. Inson haqidagi 
dastlabki falsafiy qarashlar Qadimgi Xitoyda eramizdan avvalgi VIII-VI asrlarda vujudga kelgan. 
Bu davrga kelib, qadimiy Chjou davlatida ijtimoiy munosabatlar keskinlashib ketdi. 
Ziddiyatlarning keskinlashib borishi o‘sha zamonning ijtimoiy tafakkurida ham o‘z ifodasini 
topdi. Qadimgi Xitoy faylasuflari fuqarolarning baxtini osmondan emas, balki ular yashayotgan 
ijtimoiy muhitdan izlay boshladilar. Inson yashayotgan tabiiy-ijtimoiy muhit o‘zgarishi bilan, 
uning o‘zi ham o‘zgarib borishi haqidagi fikr mulohazalar eramizdan avvalgi VI asrda vujudga 
kelgan daosizm ta’limotida olg‘a surilgan. Odam degan tirik mavjudotning paydo bo‘lishi 
sabablari, tabiati, olamdagi o‘rnini aniqlashda, odamning inson darajasiga ko‘tarilishida 
tarbiyaning ahamiyati haqida, jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy, huquqiy normalarni tushuntirib 
berishda Xitoyda keng tarqalgan Konfutsiy ta’limotining ahamiyati katta bo‘lgan. Konfutsiy 
ta’limotiga ko‘ra odamlar bir-birlariga o‘xshab ketadilar lekin ular tarbiyasiga ko‘ra farq qiladilar. 
Ayniqsa ijtimoiy shart-sharoitlarning o‘zgara borishi inson xulqatvorining o‘zgarib borishiga 
sabab bo‘lgan. Chunonchi, mutafakkirning e’tirof etishicha, odamlar o‘z tabiatiga ko‘ra bir xil 
bo‘lib, lekin xulq atvoriga ko‘ra ular bir-biridan yiroqdirlar. Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy 
qonun, asosiy axloqiy tushuncha – jen (insonparvarlik)dir. Lun Yuy (hikmatlar) kitobida shnday 
deyiladi: “Kimki chin dildan insonni sevishga intilsa, u yovuzlik qilmaydi”, “O‘zingga ravo 
ko‘rmagan narsani o‘zgaga ham munosib ko‘rma, shunda davlatda ham, oilada ham o‘zingga 
nisbatan yovlik his qilmaysan”
35
. Inson va jamiyat haqidagi fikrlarni er. avv. VII-VI asrlarda o‘rta 
va yaqin SHarq mamlakatlari, xususan Markaziy Osiyoda keng tarqalgan mifologik-diniy, diniy-
falsafiy ta’limotlarda ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Ana shunday ta’limotlardan biri 
zardo‘shtiylik edi. Zardo‘shtiylik ta’limotining markaziy muammosi odam bilan olam o‘rtasidagi 
o‘zaro aloqadorlik jarayoni tahliliga qaratilganligi edi. Bu ta’limotga ko‘ra, odam borlig‘i olam 
borlig‘i bilan bevosita aloqadordir. Ushbu ta’limotga ko‘ra, butun olam borlig‘i to‘rt unsurdan 
iborat. Olam borlig‘ining eng murakkab shakllaridan biri bo‘lgan odamning tabiati ham, shubhasiz 
o‘sha to‘rt unsur bilan bog‘liq bo‘ladi. Zardo‘shtiylik diniy-falsafiy qarashlarida ta’kidlanishicha, 
inson iymon e’tiqodining uchta yirik tayanchi bo‘ladi: fikrlar sofligi, so‘zdagi sobitlik hamda 
faoliyatning insonparvarligi, Avestoda yozilishicha, iymon – e’tiqodning mustahkamligini 
ifodalovchi alomatlar turli – tuman bo‘ladi. Xususan bergan so‘zning ustidan chiqish, unga sodiq 
qolish, savdosotiqda tuzilgan shartnomalarga qat’iy amal qilish, aldamchilik va hiyonatdan holi 
bo‘lish iymon-e’tiqodlilik alomatidir. «Avesto»da axloqiy ideal voqelik bilan shunchalik 
chambarchas bog‘liqki, gap haqiqat yoki yolg‘on, yaxshilik va yomonlik, hayot va o‘lim, go‘zallik 
va xunuklik haqida boradimi, barchasi hayotiy amallar orqali er yuzida boylik va ezgulik bunyod 
35
Konfutsiy. Pand o’gitlar.// “Sog’lom avlod uchun” jurnali 1997 y 5-6 sonlar, 5-6 betlar 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin