“ Ijtimoiy fanlar


Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va sotsiologizatorlik



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va sotsiologizatorlik 
konsepsiyalari. 
Insonni o‘rganishga nisbatan «
introvertiv» va «ekstrovertiv
» yondashuvlar, ayniqsa, ajralib turadi.
 
Introvertiv yondashuv insonning ong, jon, ruhiyat, instinktlar, nuqsonlar, fazilatlar kabi muhim 
xususiyatlarini tahlil etib, uni «ichdan» tushunish, anglab etishni nazarda tutadi
. Bunda insonning 
jismoniy va ma’naviy
 
mohiyati haqidagi falsafiy mulohazalar aksariyat hollarda tabiiy fanlarning
 
empirik ma’lumotlariga, avvalambor biologiya va psixologiya yutuqlariga tayanadi, lekin, ba’zan 
mistika, ezoterika, okkultizm bilan belgilanadi. Bunday
 
yondashuvlar, ayniqsa, nemis 
antropologlari M.SHeler (1874–1928) va A.Gelen (1904–1976), avstriyalik faylasuf K.Lorens 
(1903–1989) ijodiga xosdir.
 
Ekstravertiv yondashuv insonga nazar tashlash, uning mohiyatini tahlil qilish go‘yoki «sirtdan» 
amalga oshiriladiki, buning natijasida diqqat markazidan uning ijtimoiy va tabiiy mohiyati o‘rin 
oladi; tegishli mo‘ljallarga muvofiq insonning Xudo, kosmos, universum va shu kabilar bilan 
aloqasi tahlil qilinadi. 
Bu erda falsafa ko‘pincha tarix, sotsiologiya, ekologiya, teologiya bilan
 
ittifoq tuzadiki, bu hol diniy falsafa vakillari N.A.Berdyaev, S.N.Bulgakov,
 
S.L.Frank, 


8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) 
121
N.O.Losskiy kabi vakillariga ko‘proq xosdir. Shunday qilib, insonni falsafiy tushunish uchun 
yagona asos mavjud emas.
 
Biologizatorlik konsepsiyalari. 
Biologizatorlik konsepsiyalarining tarafdorlari, insonni uning 
tabiiy, biologik asosidan kelib chiqib tushuntirishga harakat qiladi
. XVIII asr oxirida jamiyat 
hayotiga ayrim odamlarning o‘z mavjudligi uchun kurash maydoni sifatida qarashni taklif qilgan 
T.Maltus nazariyasini bunday tushuntirishga bo‘lgan birinchi jiddiy urinish, deb hisoblash 
mumkin. Maltus fikricha, bu kurashda kuchlilar g‘olib chiqadi, kuchsizlar esa halok bo‘lishga 
mahkumdir. Mazkur kurashga tabiiy omillar turtki beradi. Xususan, aholi soni geometrik 
progressiya bo‘yicha ko‘payib boradi, tirikchilik vositalari taklifi esa, faqat arifmetik progressiya 
bo‘yicha o‘sadi, bu esa muqarrar tarzda ocharchilik, epidemiyalar, urushlar va boshqa ijtimoiy 
tangliklarga olib keladi. Mazkur omillarga Maltus kuchlilarning yashab qolishini ta’minlovchi 
ijtimoiy munosabatlarning «tabiiy», muqarrar va hatto zarur tartibga solish vositalari sifatida 
qaraydi.
Biologizatorlik yondashuvlari XIX va XX asrlar chegarasida Darvinning tabiiy tanlanish haqidagi 
ta’limotini mutlaqlashtirib, nafaqat insonning kelib chiqishi, balki uning mohiyatini, pirovard 
natijada esa – butun ijtimoiy munosabatlar tabiatini tushuntirishga harakat qilgan sotsial-
darvinistlarga ham xosdir. Hozirgi vaqtda bu yo‘nalishni odamlarga ham, hayvonlarga ham teng 
darajada xos bo‘lgan irsiyatga urg‘u beruvchi sotsiobiologiya davom ettirmoqda. Sotsiobiologlar 
fikriga ko‘ra, inson xulq-atvori ham, hayvon xulq-atvori ham irsiy omillar bilan belgilanadi va 
hech kim o‘z irsiyati ta’sirini – u xoh yaxshi bo‘lsin, xoh yomon – engishga qodir emas.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin