“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) 
120
hodisani o‘rganish va tushunishda tayaniladigan qadriyatlar va mo‘ljallar tizimidan tashkil topadi. 
Ayni shu sababli bu erda u yoki bu faylasufning dunyoni qanday tushunishi, uning hayotga 
munosabati, ayniqsa, muhim rol o‘ynaydi. U qaysi aksiomalarni ilgari surishi, qaysi 
ustuvorliklarni qayd etishi, nimani muhim deb hisoblashi, nimaga ishonishi yoki ishonmasligidan 
faylasufning boshqa narsalarga bo‘lgan tegishli munosabati, uning umumiy va xususiy 
masalalarga doir falsafiy pozitsiyasi kelib chiqadi.
Falsafiy antropologiyaning predmeti va vazifalari. 
Falsafiy antropologiya izlanishlarining 
bosh mo‘ljali va o‘zagini inson va faqat inson tashkil etadi. SHu ma’noda falsafiy antropologiyani 
antropotsentristik falsafiy ta’limot deb nomlash mumkin, chunki unda inson atrofida borliqning 
boshqa barcha muammolari aylanuvchi o‘ziga xos «markaziy o‘q» hisoblanadi. 
Falsafiy 
antropologiyaning antropotsentrizmi falsafaning tadqiqot markazida inson turishi bilangina emas, 
balki uning barcha maktablari uchun inson
 
dunyoning markazi hisoblanishi bilan ham belgilanadi. 
Mazkur yondashuv zamirida antik falsafaning Protagor ta’riflab bergan «Inson hamma narsalar 
mezonidir», degan tamoyili yotadi. Falsafiy antropologiyaning antropotsentrizmi
 
Evropa 
madaniyati asoslaridan biri sanalgan xristianlik mafkurasidan ham
 
kelib chiqadi. Aynan xristianlik 
dunyoviy hayot markaziga insonni qo‘yadi, uni
 
Xudo o‘ziga o‘xshatib yaratgan, degan g‘oyani 
ilgari suradi. Shu nuqtai nazardan xristiancha madaniyat vakilining mentaliteti asosida 
shakllangan falsafiy antropologiyani sharq falsafiy maktablari bilan taqqoslash o‘rinli bo‘ladi. Shu 
narsa diqqatga sazovorki, sharq falsafasida inson hech qachon dunyoning markazi hisoblanmaydi, 
zero, u tabiatning tarkibiy qismi, uning uzviy elementi, Koinotning ko‘p sonli darajalaridan biri 
sifatida qaraladi. SHarq falsafasida antropotsentrizm yo‘q, umuman olganda, falsafiy 
antropologiya ham mavjud emas. Bu falsafada inson dunyoning tabiiy bir bo‘lagi, tabiatning 
ajralmas elementi hisoblanadi. Tabiatning o‘zi esa mukammal bo‘lib, inson unga qarshi turmasligi, 
balki uning izmiga bo‘ysunishi lozim.
 
SHunday qilib, ko‘pgina faylasuflar tomonidan qo‘yilgan 
«Inson nima», degan savol Evropa falsafiy antropologiyasi uchun uning falsafiy muammolari 
majmuini belgilovchi bosh masala hisoblanadi (va u falsafiy tafakkurning boshqa yo‘nalishlaridan 
ayni shu jihatdan farq qiladi). Falsafiy antropologiya insonning borlig‘i nuqtai nazaridan inson 
haqidagi ta’limotdir. Inson va uning borlig‘i to‘g‘risidagi mulohazalar muammolarning keng 
doirasini qamrab oladi. Bularning barchasi antropologizm, ya’ni insonning mohiyati 
muammolarini izchil o‘rganuvchi tadqiqotlarning alohida yo‘nalishi – tor ma’nodagi falsafiy 
antropologiya to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradi. Keng ma’noda esa, falsafiy antropologiya, 
shu jumladan, inson, uning tabiat va jamiyatdagi borlig‘i haqidagi ta’limotni ham o‘z ichiga 
oluvchi falsafiy qarashlar tizimi sifatida maydonga chiqadi.
 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin