“ Ijtimoiy fanlar


Sharq va G‘arb falsafasida inson muammosi



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Sharq va G‘arb falsafasida inson muammosi 
O‘rta asr insoniyat bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot jarayonining eng uzoq davom etgan bosqichidir. 
O‘rta asr falsafasining shakllanish jarayoni Evropada xristian dinining vujudga kelishi va uning 
tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lsa, Osiyo, Afrika mamlakatlarida, xususan Markaziy Osiyoda islom 
dinining kirib kelishi va uning rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Xristian dini eramizning I-II 
asrlarida Rim imperiyasining Sharqiy viloyati Falastinda paydo bo‘lib, O‘rta yer dengizi atrofiga 
yoyildi. Islom dini eramizni VII-VIII asrlarida uchta qit’a (Afrika, Osiyo va Evropa)ni qamrab 
oldi. Antik dunyoda ko‘p xudolilik dinlari hukmron bo‘lgan bo‘lsa, o‘rta asrlarga kelib yakka 
xudolik dinlari hukmron bo‘lib oldi. Shuning uchun o‘rta asr falsafasining ildizlari iudaizm, 
xristianlik va islom dinlariga borib taqaladi. Xristian falsafasi insonda xudoga o‘xshash fazilatlar, 
xislatlar mavjud ekanligini birinchilardan bo‘lib isbotlashga harakat qildi. Xususan, xristian 
cherkovining buyuk namoyondalaridan biri Grigoriy Niskiyning tushuntirishicha, xudo 
podshohdir, butun koinotning jamiki mavjudotning egasidir. Xudoning insonni yaratishdan 
muddaosi, uni butun olamning xo‘jayini, chinakam podshoh qilish edi. Xristianlik dinigacha hech 
qaerda, hech qachon xudo bilan inson qiyofasi bir-biriga o‘xshaydi deb tasvirlanmagan. Bu ikki 
asos: inson va xudo, hech qachon bir-birlari bilan qo‘shilib ketmagan edi. Xristianlik dini o‘zining 
transsendental xususiyatiga ko‘ra, xudo bilan koinotga hukmronlik da’vosini qildi. Xuddi o‘sha 
hukmdor xudoni inson tanasiga o‘rnashib olishi ajablanarli holat edi. Xristianlik ta’limotiga ko‘ra, 
jon tanadan tashqarida yashay olmaydi degan aqida o‘rta asr xristian falsafasida, jon va tana 
muammosining asosini tashkil etadi. Inson to‘g‘risida ta’limot yaratishga uringan o‘rta asr xristian 
faylasuflaridan biri Origendir. Uning fikricha, inson degan tirik mavjudot jon, qalb va tanadan 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin