“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) 
123
Affektiv holatlar uzoqqa tuzilishi shuni ko‘rsatadiki, suitsidial harakatlarda beqarorlik 
(ikkilanishlar) kuzatilishi mumkin. Bir kuni 14 yoshli qizoloq otasi o‘gay ona bilan yashayotgan 
xonadonga keladi, agar otasi uyga qaytmasa o‘zini o‘ldirishini aytadi, bunga javoban o‘gay ona 
qizning qo‘liga pichoqni ushlatib, hoziroq shu ishni qilishi mumkinligini aytadi. Qiz pichoqni 
qo‘liga olgan holda chap qo‘liga bir necha marta uradi.
Haqiqiy turdagi suitsidial harakatlar – uzoq vaqtlar puxta o‘ylangan, aniq bir maqsadga qaratilgan 
bo‘ladi. O‘smir bu ishni qilishdan oldin, shu ishning xavfsizligini o‘ylab qo‘yadi.
Oiladagi nosog‘lom psixologik muhit va oilaviy tarbiyadagi yo‘l qo‘yilayotgan nuqsonlar hamda 
ta’lim jarayonida kuzatilayotgan nuqsonlar, bolalar va o‘smirlar yashayotgan mahallalar hayoti, 
ularning psixologik muhiti voyaga etmaganlarda xulq og‘ishining kelib chiqishiga o‘z ta’sirini 
o‘tkazmasdan qolmaydi. Ma’lumki, ob’ektiv shart-sharoitlar va ijtimoiy muhit voqeahodisalari 
o‘smirning ongi, xohish-irodasiga bo‘ysunmagan holda ta’sir etadi va uning ongi, dunyoqarashi, 
shaxs sifatida shakllanish va xulq-atvori mazmunini belgilab beradi. I.P.Pavlovning 
ta’kidlashicha, inson va hayvon xulq-atvori mazmuni nafaqat nerv sistemasining tug‘ma 
xususiyatlari, balki organizmga doimo ta’sir etib turuvchi tashqi ta’sirlar, ya’ni doimiy ravishda 
berib boriladigan tarbiya yoki ta’lim jarayoniga ham ham bog‘liq bo‘ladi.
«Praksiologiya» 
(yunon. «praktikos» – «faol») – falsafaning inson faoliyatini o‘rganishga 
bag‘ishlangan bo‘limlaridan biri. Faoliyat tushunchasi inson borlig‘ining tabiati va mohiyatini, 
uning shaxsiy imkoniyatlari, ijtimoiy aloqalari va munosabatlarini, inson ma’naviy dunyosi va 
moddiy amaliyot jabhasini teranroq tushunish imkonini beradi. Inson faoliyati o‘ziga xos 
xususiyatga ega bo‘lib, hayvonlar faolligidan butunlay farq qiladi. U individ va umuman jamiyat 
borlig‘ining alohida usuli hisoblanadi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin