“ Ijtimoiy fanlar


Qadriyatlar ierarxiyasi. Q



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Qadriyatlar ierarxiyasi. Q
adriyatlar shaxs va jamiyat ehtiyojlari, manfaatlari bilan belgilangani 
bois, ular murakkab tuzilishga va alohida ierarxiyaga ega bo‘ladi. Qadriyatlar ierarxiyasi zamirida 


7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. 
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
 
115 
tirik mavjudot sifatidagi inson hayoti uchun zarur bo‘lgan fundamental qadriyatlar (tabiiy 
boyliklar, moddiy yashash sharoitlari – turar joy, oziq-ovqat mahsulotlari, sog‘liqni saqlash va 
sh.k.) va insonning ijtimoiy mohiyatiga, uning ma’naviy tabiatiga bog‘liq bo‘lgan oliy qadriyatlar 
yotadi. Birinchi guruhga moddiy (utilitar) qadriyatlar, ikkinchi guruhga esa ma’naviy qadriyatlar 
kiradi. qadriyatlarning birinchi guruhi insondan tashqarida yotuvchi maqsad bilan belgilanadi, 
ikkinchi guruh ichki asosga ega.Moddiy, utilitar qadriyat vositaning qimmatidir, zero, narsaning 
foydaliligi u nimaga xizmat qilishga mo‘ljallangan bo‘lsa, shu vazifa bilan belgilanadi. O‘z 
vazifasini bajargach, bu narsa qadriyat sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.Moddiy, utilitar 
qadriyatdan farqli o‘laroq, ma’naviy qadriyat o‘ziga to‘q xusu- siyat kasb etadi va o‘zidan 
tashqarida yotuvchi motivlarga muhtoj bo‘lmaydi. Utilitar pragmatik qadriyatlar faoliyat 
maqsadini belgilasa, ma’naviy qadriyatlar inson faoliyatining mazmunini belgilaydi.
SHunga mos ravishda shaxsning ma’naviy dunyosi ham o‘z ierarxiyasiga ega bo‘ladi. Inson 
ma’naviyati uchta: ma’rifiy, axloqiy va estetik asoslarni o‘z ichiga oladi. Ularga ma’naviy 
ijodkorlarning uch tipi: donishmand (biluvchi), taqvodor (avliyo) va san’atkor mos keladi. Bu 
asoslarning o‘zagi ma’naviyatdir. Bilim bizga haqiqatning tagiga etish uchun imkoniyat yaratib, 
to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsa, axloqiy va estetik asos insonning o‘z egoistik «Meni» chegarasidan chetga 
chiqib,ezgulik urug‘ini sochish qobiliyati va ehtiyojini nazarda tutadi.Ma’naviy qadriyatlarning 
o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular noutilitar va noinstrumental xususiyat kasb etadi: ular boshqa 
biror narsaga xizmat qilmaydi, aksincha, boshqa barcha narsalar ularga bo‘ysunadi va oliy 
qadriyatlar bilan bog‘liq holdagina muayyan mazmun kasb etadi. Oliy qadriyatlarning yana bir 
xususiyati shundan iboratki, ular muayyan xalq madaniyatining o‘zagi hisoblanadi. Madaniyatda 
odamlarning fundamental umuminsoniy qadriyatlari: tinchlik, salomatlik va insoniyat hayoti 
mujassamlashadi. Madaniyatda muloqot qadriyatlari (do‘stlik, mehribonlik, ishonch, oila), 
turmush tarzi qadriyatlari (ijtimoiy adolat, erkinlik, inson huquqlari va shu kabilar haqidagi 
tasavvurlar) o‘z ifodasini topadi. Oliy qadriyatlar yo‘l tanlash vaziyatlarining cheksiz to‘plamida 
ro‘yobga chiqadi.
SHunday qilib, qadriyatlar tushunchasi shaxsning ma’naviy dunyosi bilan uzviy bog‘liq. 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin