“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 
191 
xususiyati emas, balki kasb etiladigan (xosil qilinadigan) sifat ekanini aytadi. U barcha fazilatlarni 
ikkiga bo‘ladi: birinchisi, ruhning donishmandlik, tajri6akorlik, topqirlik, singari ma’naviy soxa 
bilan bog‘liq aqliy qismiga oid fazilatlar va, ikkinchisi, ruhning intilyvchan(ixtiyoriy) qismi - sof 
axloq bilan bog‘liq, fazilatlar. Uning fikricha, asosiy fazilat adolatdir. “Fazilat, - deydi Arastu - 
ma’lum ma’noda o‘rtalikdir, zero, doimo o‘rtalikka intiladi”. Masalan, mardlik telbavor jasorat 
bilan qo‘rqoqlik orasidari o‘rtalik va xokazo. SHuningdek, mutafakkir niyatga katta ahamiyat 
beradi va uni xarakatning tamoyili, boshlanishi deb ataydi. Lekin u pirovard ma:qsad emas, 
niyatning tamoyili esa intilish va aql, shu sababli niyat aqldan, es-hushdan va odobdan tashqarida 
bo‘lmaydi.
Arastu Aflotundan farqli o‘laroq, vujud va puh yaxlitligi nuqtai nazarini ilgari suradi, inson 
kamolotga, oliy ezgulik va erkinlikka bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, xirsu 
ehgiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, degan fikrni aytadi. Demak, insonda 
ixtiyor erkinligi bor, zero u ezgulik yoki yovuzlikni, fazilat yoki illatni tanlashda bir xil hukmronlik 
mavqeiga ega.
Maqsad bilan vositani Arastu yaxlitda ko‘radi, maqsad vositani belgilaydi, shu sababli maqsadning 
axloqiy tabiati faqat axloqiy vositalarnigina tan oladi va, ayniqsa, axloqsiz maqsad axloqsiz 
vositalarni talab qiladi.
Arastu aql - idrok faoliyatini xayot va faoliyatning oliy shakli, hech bir narca bilan qiyoslab 
bo‘lmaydigan qadriyat , deb xisoblaydi. Oliy aql doirasida sub’ekt va ob’ekt, fikr va fikrning narsa 
xodisasi bir-biriga mos, ya’ni Oliy aql (Xudo) tafakkur xaqidagi tafakkurdir. Garchand inson xech 
qachon iloxiy xayot darajasiga etisha olmasa-da, lekin unga ideal sifatida imkon boricha intilishi 
kerak, inson erishgan komillik doimo nisbiy bo‘ladi.
Shunday qilib Arastuning fikricha, axloqli inson aqliy fazilatlar bilan yo‘g‘rilgan kishidir; aqlni 
inson emas, insonni aql belgilaydi. Ayol zoti esa past darajali, zaif, ko‘z yoshiga erk beradigan, 
o‘zini tutolmaydigan inson, ularda extiros aql-idrokdan yuksak turadi, illatlarga erkaklarga 
nisbatan ko‘proq moyil bo‘ladilar, shuning uchun xam donishmandlik ularga xos emas, xotin erga 
bo‘ysunishi adolat tamoyilini buzmaydi. San’at, siyosat va ilm fan ozod kishilar uchun, qul, 
umuman, axloqdan tashqaridagi mavjudot, qushlarni past tabaqali kishilar, xatto jonli narsalar 
qatoriga kiritish Arastuning inson moxiyatini ijtimoiy-siyosiy mavjudot sifatida tushunishidan 
kelib chiqadi. Uning uchun jamiyatdan, qabila, jamoa, davlatdan tashqaridagi odam yo Xudo, yoki 
xayvon. Shu bois yot qabiladan kelgan, polis fuqaroligi huquqiga ega bo‘lmagan qullar odam 
xisoblanmaydi. Qul faqat ozodlikka erishgandagina insonga aylanadi.
Arastu yuqorida keltirganimizdek, ilmni (aqlni) axloqdan (vijdondan) yuksak qo‘yadi va bu bilan 
mushoxadakor hayotni, nazariyara, ijodga bag‘ishlangan xayotni axloqiy ideal tarzida talqin etadi. 
Shunga ko‘ra, buyuk mutafakkir antik, dunyo fuqarosining an’naviy fazilatlari bo‘lmish 
donishmandlik, mardlik, odillik, do‘stlikni yuksak qadrlaydi. Biroq, uning insonga muhabbati, 
insonparvarligi bizning xozirgi barcha bandalar Xudoning oldida baravar, degan tushunchamizdan 
farq qiladi. Yuqorida ko‘rganimizdek, uning nazdida odamlar teng emas, tenglik tushunchasi 
Arastuga yot. U faqat odamlar o‘rtasidagi do‘stlik va xayrixoxlikni tan oladi.
Epikur esa o‘z qarashlarida falsafaning amaliy maqsadini, axloqiy mazmunini ta’kidlaydi: 
“Insoniing biror bir iztirobiga davo topolmaydigan faylasufning so‘zlari ma’nosizdir. Badandan 
kasallikni quva olmaydigan tabobatdan xech qanday foyda bo‘lmagani kabi, puh (qalbni) davolay 
olmaydigan falsafadan xam foyda yo‘q.”



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin