211
darajali mavqe’ni egallaydi. Demak, nikoh - oilaning faqat huquqiy asosi bo’lib, erkak bilan
ayolning bir - biriga va bolalariga, ya’ni bir oilaga mansub kishilarning bir - birlari oldida va
jamiyat oldida huquq va majburiyatlarini, axloqiy va huquqiy ma’suliyatini belgilaydigan oilaviy
ittifoqidir. Demak, oila nikoh asosida vujudga keladi. Lekin oila va nikoh aynan bir tushunchalar
emas. Oila - nikoh va qon-qardoshlik bilan bog’langan kishilarning tarixan shakllangan ittifoqidir,
eng avvalo, er va xotin, ota - onalar bilan bolalar o’rtasidagi munosabatlardir. Nikoh - oilaning
faqat huquqiy asosi bo’lib, bir oilaga mansub kishilarning, eng avvalo, er va xotinning va
farzandlarning bir -birlari oldida huquq va majburiyatlarini, axloqiy va huquqiy ma’suliyatini
ifodalaydi.
Oila va nikoh tarixiy hodisa bo’lib, ular jamiyatning kelib chiqishi va taraqqiyotida azaldan mavjud
bo’lmagan. Oilaning kelib chiqishi hali batamom oydinlashtirilgan emas. Bu to’g’rida turlicha
nuqtai-nazarlar
mavjud.
Mutaxassislarning
aksariyatining
fikricha,
oila
va
nikoh
munosabatlarining evolyutsiyasi quyidagicha yuz bergan: Ibtidoiy tuzumning avvalida (ilk va
so’nggi paleolit chegaralarida) umuman oila va nikoh bo’lmagan, u davrda promiskutet deb
nomlangan tartibsiz jinsiy aloqalar odati hukm surgan, ya’ni to’dadagi har bir ayol barcha
erkaklarniki va har bir erkak barcha ayollarniki hisoblangan. Keyin bu aloqalar o’rnini guruhiy
nikoh egallagan. Guruhiy nikohda bir urug’dagi hamma erkaklar boshqa urug’ning barcha
ayollariga er bo’lish huquqiga ega bo’lganlar. So’ngra esa mazkur jamiyat oilasining asosiy shakli
sifatida juft oila paydo bo’lgan. Juft nikohda esa er - xotin hisoblangan erkak va ayol o’z
urug’larida yashagan. Bu oila qarindoshlikni ham ota tomonidan (otalik davri), ham ona
tomonidan (onalik davri) hisoblab borgan, lekin bu oilalarda hali er - xotin nikohi barqaror, alohida
xo’jalikka ega emas edi. Bu davrda (bronza davri boshlanishi va temir davrida) tabiiy faktor o’z
vazifasini tugalladi, ya’ni jinsiy munosabatlar doirasida qon -qardoshlar istisno qilindi, jinsiy
munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatlariga aylangan nikohda xotin er bilan yashash
uchun uning urug’iga ko’chib o’tgan. Monogam (yakka nikohlik) oila paydo bo’ldi. Nihoyat
individual oila bo’lib, bu kichik oilada nikoh er -xotinni hamda ularning bolalarini bir - biri bilan
mustahkam bog’laydi. Bu holat xususiy mulkchilik rivojlana boshlab ibtidoiy jamoa tuzumi
emirilayotgan davrga to’g’ri keladi. Oila shakllari nikoh xarakteriga qarab ham bir biridan farq
qiladi: 1) Poligam (ko’p nikohlik) va monogam (bir nikohlik) oila; 2) hukmronlik kimning qo’lida
bo’lishiga qarab oila patriarxal (ota yoki aka-ukalarning biri tomonidan boshqariladigan)
matriarxal (ona tomonidan boshqariladigan), 3) demokratik (er - xotinning tengligiga asoslangan)
oilaga bo’linadi. Hozirgi jamiyat oilasi "demokratik" oilaning tipik shaklidir.
Mashhur amerikalik faylasuf Jorj SaktaYana (1803-1952) ta’kidlaganidek: "Oila, bu — tabiatning
shoh asarlaridan biriga aylandi". Fransuz yozuvchisi V. M. Gyugo (1802- 1885): "Oila
- jamiyatning duru gavhari", — degan edi. Buyuk tatar olimi Rizouddin ibn Faxruddin (18481917)
"Oila" asarida Shunday degan edi: "Millatlar sharafini yuqori martabaga ko’taradigan narsa
millionlar ila sanalmoqda bo’lgan askarlaru dunyoda eng buyuk va zo’r bo’lgan kemalar emas,
balki eng oz e’tibor beradiganimiz, yo bo’lmasa hech bir zamon e’tibor bermasdan keladiganimiz
bo’lmish oiladir. Oila nizomsiz bo’lsa, uning yomon oqibati butun millatga ta’sir etar va shu
sababdan fazilat yeriga razolat, taraqqiyot o’rniga tubanlik negiz ko’rar. Xudoning o’zi asrasinku,
agarda bir millatga bunday hol ro’baru kelsa, u millat kitobining so’nggi varag’i ochulg’usidir"
47
.
Dostları ilə paylaş: