“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə258/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 
202 
Asl millatparvar - milliy o‘zlikni anglab etgan inson. U o‘z millati bilan faxrlanadi, o‘z millati 
bilan butun jahonning faxrlanishini istaydi. Chunonchi, Navoiy do‘pi bilan to‘p kiygan o‘zbekni 
xar qanday shoh jamolidan afzal ko‘radi.
Shohu toju xil’atekim, men tomosha qilg‘ali 
O‘zbakim boshida qalpoq, egnida shardog‘i bas. 
Lekin Navoiy shu faxrlanishi, g‘ururlanishi barobarida o‘zgalarga kibr bilan qaragan emas, 
aksincha, o‘zga til vakili bo‘lmish Jomiyga bag‘oyat xurmat-izzat ko‘rsatib, unga, pirim, deb qo‘l 
bergan.
Asl millatparvar insonlarning umri millatning umri kabi mangudir. Millat yo‘lida o‘z jonini tikkan 
Munavvar qori, Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon singari minglab fidoiylarni ham halqimiz hech qachon 
unutmaydi.
Shuningdek, tinchlikparvarlik, jo‘mardlik singari axloqiy tamoyillar ham insoniyat hayotida 
muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, tinchlikparvarlik urushning, kon to‘kishning har qanday 
ko‘rinishining inkor-etadi. Ba’zi ulug‘ davlatchilik va buyuk millatchilik ruxi hukmron bo‘lgan 
jamiyatlarda tinchlikparvarlar quvg‘in qilinadi, turmalarga tashlanadi. Lekin ular o‘z 
tamiyillaridan hech qachon qaytmaydilar. Ular insoniyatni barcha bahsli masalalarini tinch yo‘l 
bilan hal qilishga chaqiradilar. Yer yuzida tinchlik o‘rnatish uchun tinimsiz kurash olib boradilar.
Jo‘mardlik tamoyili esa Sharqda qadimdan mavjud. Ovro‘poda o‘sha altruizm nomi bilan Ogyust 
Kong ilmiy muomalaga kirishgan. U kishida o‘z qavmdoshiga achinish hissidan, unga baxt va 
farovonlik tilash tuyg‘usidan kelib chiqadi, moxiyatan beminnat xayriyaga asoslanadi. Bundan 
tashqari, bizning milliy axloqshunos-ligimizda o‘zbekchilik, mexmondo‘stlik kabi tamoyillar 
mavjud. Ular millatimizning eng yaxpm ananalariga sadoqat tuyg‘usidan kelib chiqadi va o‘zbek 
kishisiga xos bag‘ri kenglik, do‘ctga, mexmonga borini bag‘ishlashdek fidoyilik xususiyatlarini 
o‘zida mujassamlashtiradi. Ayni paytda, bu tamoyillarni suistemol qilishi hollari ham hozirgi 
paytda tez-tez uchrab turadi. Shunga qaramay, o‘zbekchilik va mexmondo‘stlik tamoyillari 
xalqimizning o‘ziga , xoslimni ta’kidlaydi. Jahonning juda ko‘p xalqlari bu tamoyillar egasi 
bo‘lmish o‘zbek millatiga doimo extirom, havas va hayrat bilan minnatdorchilik bildiradilar.
Inson hayotida axloqiy me’yorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga nisbatan ancha 
sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik xayotimizda ma’lum axloqiy 
tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy 
shakli sifatida ruyobga chiqadi. Xalollik, rostgo‘ylik, xushmuomalalik, boodoblik, kamtarlik 
singari me’yorlar ayniqsa, diqqatga sazovar. Shuni ham aytish kerakki, halollikni uning dactlabki 
tor diniy mazmunida qaysi taom haromu, qaysinisi halol, degan ma’noda tushunmaslik lozim. U 
allaqachon umuminsoniy ma’no kasb etgan me’yorga aylangan. Xalollik, roctgo‘ylik vijdon 
tushunchasi bilan bog‘liq, insonning o‘zgaga munosabati o‘ziga munosabatidek sof bo‘lishini 
talab qiluvchi me’yorlardir.
O’nlab me’yorlar orasida bu ikkisiga to‘xtalishimizning sababi shundaki, mustamlakachilik 
davrida, ayniqsa, sho‘rolar xukumronlik qilgan chorakam bir asr vaqt mobaynida yolg‘on, aldov, 
nopoklik, xaromxo‘rlik, munofiqlik singari illatlar xalqimizga shu qadar ustalik bilan 
singdipildiki, hozirgi paytda ko‘pchilik odamlar halollik va rostgo‘ylik ustidan xatto kuladigan 
bo‘lib kolganlar. So‘z bilan ish birligi yo‘qolgan, qog‘ozdagi chiroyli gaplar xayotga to‘g‘ri 
kelmaydi. Lekin bo‘larning hammasi afsuski, odatiy holdek, qabul qilinadi. Shu bois 
mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq bu illatlarga qarshi-kurash boshlandi. Hozirgi kunda 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin