“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə294/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
243 
Masalan, Shekspir asarlarida fojiali va kulgili tomonlar shu qadar chirmashib ketganki
ularning birini ikkinchisisiz anglash qiyin.
Fojialilik muammosi har doim, falsafiy va estetik tafakkur e’tiborini o‘ziga jalb qilib 
kelgan. Fojialilikda voqeiy hayotning chuqur ziddiyatlari va to‘qnashuvlari hayot va o‘lim, ozodlik 
va zarurat, aql va tuyg‘u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy xususiyatlar namoyon bo‘ladi.
Shekspir va Sofokl asarlari, Dostoevskiy, SHoloxov ro‘mon-lari, M.SHayxzodaning 
«Jaloliddin Manguberdi», «Mirzo Ulug‘bek» sahna asarlari fojia san’atiga misol bo‘ladi.
Fojia san’ati – insoniyatning doimiy hamrohi. Inson o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish 
uchun bir umr intiladi, kurashadi. Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida ijtimoiy 
adolatsizliklar, mu-nosabatlardagi xilma-xillik, san’atda fojiali ohanglar tug‘ili-shiga sabab 
bo‘ladi.
Kulgililik kategoriyasida ham insonning voqea-hodisalarga munosabatlaridan biri 
ifodalanadi. Kulgili holatlarga faqat insongina kulgi bilan javob beradi. Kulgililik xunuklik bilan 
bog‘lab mushohada qilinadi, xunuklikning o‘zi kulgili emas, balki uning go‘zallik da’vo qilishi va 
o‘zini go‘zallik o‘rniga qo‘yishi kulgilidir.
Kulgililik boshqa estetik hodisalar singari tashqi va ichki tomonlarni o‘zida birlashtiradi.
Kulgililikning ichki tomoni – keng ma’nodagi hazil (yumor) tuyg‘usidir. Hazil tuyg‘usi 
shaxsning tabiiy va erkin, bevosita idrok etishi natijasida xilma-xil kulgili, beo‘xshovliklarni 
ko‘rib, anglab, ularga kulgi bilan javob berish qobiliyatining ifodasidir.
Kulgi insonning ruhini ko‘taradi. Kulgililikning har xil ko‘rinishlari san’atning 
arxitekturadan boshqa deyarli barcha turlarida namoyon bo‘ladi va komediyada o‘zining to‘la 
estetik ifodasini topadi. Kulgililik tushunchasi komik tushunchadan kengroqdir. Komik voqea 
ijtimoiy va estetik ahamiyatga ega bo‘lgan hodisadir. Komediyada komik matn bo‘ladi. Gogol 
«Komediya uchun qiyshiq burun emas, qiyshiq jon kerak» deydi.
San’atda kulgilik turlari:
Latifa – kulgili yoki eng sodda komik voqea.
Parodiya – hajviy o‘xshatma.
Satira (mashara) – hayotning salbiy hodisalari ustidan achchiq kulish.
Yumor (hazil-hajv), sarkazm, lof, askiya, karikatura va h.k. san’atda kulgililik turlariga 
misol bo‘ladi.
Kulgililikning barcha shakllari qanchalik erkin namoyon bo‘lish imkoniyatlariga ega 
bo‘lib borsa, shunchalik ko‘p ahamiyat kasb etadi. Beozor hazil-hajv tuyg‘usi inson hayotining 
kulgili tomonlari, uning barcha qirra va zarralarini ilg‘ab olish va fahmlash qobiliyatini o‘stirishga 
yordam beradi va u borgan sari shaxsning ma’naviy-ruhiy kamoloti ko‘rsatkichi bo‘lib boraveradi.
ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.:“O’zbekiston”, 2014. 24 b 
2.
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi 
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli 
Farmoni.
 
3.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – 
Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin