“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə292/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
241 
san’atda ham u ifoda topa olmaydi. Lekin u jiddiy xatoga yo‘l qo‘yadi. CHunki haqiqiy san’at 
dunyo go‘zalligini faqat surat aksinigina emas, balki undagi go‘zallik mohiyatini ham namoyon 
etadi.
San’at hayotning boyligi va xilma-xilligini, go‘zallik va xunuklikni, yaxshi va yomon 
xislatlarni aks ettiradi hamda unda estetik orzu muhim ahamiyat kasb etadi. San’at go‘zal va xunuk 
narsalarni aks ettirish mumkin. Lekin san’atning o‘zi hamma vaqt ham go‘zaldir! CHunki u o‘z 
tarkibiga estetik orzu, ya’ni go‘zallikning zaruriy xossasini singdirgandir.
Ko‘p asrlar davomida san’at estetik orzuni ro‘yobga chiqarishning ikki asosiy yo‘nalishini 
ishlab chiqqan:
1)
Ijobiy qahramon ramzini yaratish, ijobiy qahramon – ijodkorning go‘zallik haqidagi 
estetik orzusidir.
2)
Salbiy qahramon – go‘zallikning aksi bo‘lgan xunuklik, yaramaslik ramzi bo‘lib, u 
ham estetik ahamiyatga ega.
San’atda ilg‘or estetik orzuning bo‘lishi san’at go‘zalligi bilan bog‘liq zaruriy, lekin 
yagona bo‘lmagan omildir. San’at go‘zalligi uning haqqoniyligidan ajralmagan holda qaror topadi. 
Badiiy haqiqatsiz san’atda go‘zallik bo‘lishi mumkin emas.
Haqiqat va go‘zallik birligi san’at taraqqiyotining qonuniyatlaridan biridir. SHekspir 
«Go‘zallik qimmatli haqiqat bilan yakunlanib, yuz chandon go‘zallik kashf etadi», deydi.
San’atdagi go‘zallik shakl va mazmun birligida yaxlit mushohada etiladi. Inson faoliyatida 
kamolotga, go‘zallikka intilish ko‘p jihatlardan eng muvofiq shaklni izlab topishda ko‘rinadi. Bu 
shakl esa faoliyat burchiga, vazifasiga, mazmuniga mos kelishini taqozo etadi. SHaklning 
mazmunga mos kelishi san’atdagi go‘zallik mezonidir. Gap ijtimoiy ahamiyatli, g‘oyaviy ilg‘or, 
hayot haqiqatiga ega bo‘lgan mazmun haqida borsagina shaklning mazmunga mos kelishiga san’at 
go‘zalligining mezonlaridan biri sifatida qarash mumkin bo‘ladi.
San’atdagi go‘zallik, uning badiiy qimmati hayotni haqqoniy tasvirlash, gumanistik 
g‘oyalarni ifodalash, shakl va mazmun uyg‘unligini yaratish bilan belgilanadi.
Voqea-hodisalarning ob’ektiv estetik ahamiyatini ifodalovchi qadriyat sifatida go‘zallik 
sub’ektiv estetik baholash orqali, kishilarning didi va ideallari vositasida qabul qilinadi. Estetik 
tarbiyaning muhim vazifasi-kishilarda haqiqiy go‘zallikni tushuna olish va qabul qilish 
qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishdir.
Ulug‘vorlik kategoriyasi estetikaning yana bir muhim kategoriyasidir. Qadimgi estetikada 
«ulug‘vorlik» iborasi tantanaligi va ahamiyatliligi bilan ajralib turadigan nutqning alohida uslubini 
tavsiflash uchun ishlatilardi. Ulug‘vorlik muammosiga estetik-nazariy yondashish III asr notig‘i 
Longin yozgan «Ulug‘vorlik to‘g‘risida»gi risoladan boshlanadi. U ulug‘vorlikni nutq go‘zalligi 
bilan bog‘lanib ketgan odatdan tashqari fikrlar va ehtiroslar sifatida tushunib, u insonga his-
tuyg‘uli ta’sir etuvchi, uni quvonch va hayratga soluvchi kuch deb uqtiradi.
XVII asr ingliz olimi E.Byork fikricha, ulug‘vorlik tuyg‘usining manbai-dahshat yoki 
shunga o‘xshash tuyg‘ular ko‘zg‘atadigan barcha narsalar, voqea-hodisalardir. Byork 
ulug‘vorlikni insonga his-tuyg‘uli ta’sir o‘tkazish shakllari ichida eng kuchlisi bo‘lgan 
qoniqmaslik tuyg‘usi bilan bog‘laydi: Go‘zallik qoniqish asosidagi estetik zavqlanish baxsh etsa, 
ulug‘vorlik dahshat va qoniqmaslik tuyg‘usining vujudga keltiradi.
Boshqa ingliz olimi T.Xoum fikricha, ulug‘vorlik go‘zallikdan faqat o‘zining ko‘lami bilan 
farq qiladi va ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otadi.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin