“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə318/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
264
sezilmaydi, u hozirgi voqealarning ibtidosi, sababchisi – avval bo‘lib o‘tgan voqealar ekanini his 
qilib turadi. CHunki o‘tgan voqealarning eng muhim, qahramonlar taqdirini belgilaydigan holatlari 
kadrlarda bugungi voqealar bilan tabiiy ulanib ketadi, ya’ni kecha – bugunga, bugun – kechaga 
o‘tib turishi ekran imkoniyati doirasidagi «oddiy gap», kino san’ati usullaridan biri. Sahnada esa 
bunday imkoniyat yo‘q, unda mazkur holatlar tomoshabinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki 
dekoratsiya va musiqa o‘zgarishlari yordamida aktyorlar monologlarida, ba’zan diologlarida nutq 
(so‘z) orqaligina shartli ravishda etkazib beriladi.
Televidenie.
 
Agar estrada «san’atdagi jurnalistika» bo‘lsa, televidenieni «jurnalistikadagi 
san’at» deyishimiz mumkin. Hozir uni faqat ommaviy axborot vositasi va san’at targ‘ibotini 
texnikaning eng yangi yutuqlari asosida amalga oshiruvchi zamonaviy omil sifatida olib qarash 
uni kamsatishdan boshqa narsa emas. To‘g‘ri, telejurnalistika mavjud va uni inkor etish aqlga 
to‘g‘ri kelmaydi. Lekin ayni paytda ana shu real hayot real voqealar va real odamlar ishtirokidagi 
«jurnalistik» syujetlarning san’at darajasiga ko‘tarilganini, ularning estetik ahamiyat kasb etganini 
yaqqol ko‘ramiz. M., Farhod Bobojonning «Bir o‘lkaki...» turkumidagi ko‘rsatuvlarini olaylik. 
Ularni oddiy jurnalistik televizon reportaj deyish mumkinmi?! Bu ko‘rsatuvlarning deyarli har biri 
o‘ziga xos film, shunday filmki, oldiga oddiy «hujjatli» degan sifatlashni qo‘yish nohaqlik.
Zamonaviy shaharsozlik estetikasi
San’atshunoslikda «shahar atrofi dizayni», «shahar muhiti dizayni», «shaharni badiiy bezatish» va 
«shahar dizayni» tushunchalari ishlatiladi. Ular mohiyatan aynan tushunchalardir, shuning uchun 
«shahar dizayni» deganda biz shahar ichini, inshootlari va maydonchalarini, aholidan oladigan 
istirohat maskanlarini, kishilar nigohini, diqqatini tortadigan madaniy, maishiy muassasalar 
atrofini badiiy-estetik bezatish san’atini, loyihalashtirishni nazarda tutamiz. Uning asosiy 
retsipienti shahar kishisidir.
«SHahar dizayni» tushunchasi o‘tgan asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan va u kishilar, ayniqsa 
iste’molchilar to‘planadigan joylarni, vitrinalarni informatsiya tarqatish funksiyasini bajaradigan 
tumbalar reklamalar, ko‘rsatkich va afishalarni nazarda tutgan. Dizaynshunos V.L. Glazichevning 
fikriga ko‘ra, yuqoridagi oddiy bezaklar o‘rniga 50- yillarga kelib bil-bord, aylanma vitrinalar, 
savdo-sotiq o‘choqlariga ulanib ketgan kioskalar, ko‘p qavatli uylar oldida xalq amaliy san’ati 
namunalari bilan bezatilgan maydonchalar paydo bo‘ladi [1]. Natijada kishilarning badiiy-estetik 
didini shakllantirishga, inshootlar, ko‘p qavatli uylar, istirohat maskanlarini dizayn qonunlariga 
muvofiq badiiy bezatishga ehtiyoj tug‘iladi. SHahar kishisining serharakatligi, seytnot, psixologik 
ta’sirlarning ortib borayotgani, butun badiiy-estetik izlanishlarda va san’at asarlari yaratishda 
bo‘lgani kabi shahar dizayni oldiga ham qator talablar qo‘yadi.
Birinchi talab shunda ediki, shahar dizayni mavjud inshootlar kompleksini, kishilarning ko‘zi 
tushadigan joylarni badiiy-estetik go‘zal, betakror va o‘ziga xos mohiyatli qilishi lozim. Qad 
ko‘tarayotgan inshootlar sonining oshishi bilan ularning tashqi ko‘rinishiga, badiiy-estetik 
jixatlariga talab ham ko‘paydi, ya’ni o‘tgan davrda an’anaga aylangan temir-beton inshootlarni 
qurishga badiiy-estetik ko‘rinish, bezash lozim bo‘ladi. Masalan, 60- 70 yillarda Toshkentda 
(ayniqsa Chilonzor tumanida) “xruщevka” nomini olgan temir- beton uylarda deyarli hech qanday 
badiiy- estetik mohiyat ko‘zga tashlanmaydi. Zerikarli, qo‘ng‘ir rangli beton-uylar ham 
shaharsozlikda dizayn belgilari shakllanmaganidan dalolat beradi. Mustaqillik yillarida zerikarli 
ko‘rinishdagi temir-beton inshootlarning birinchi qavatini zamonaviy shisha, mramor, plastika, 
alyubond va rang-barang vitrinalar bilan bezatish an’anaga aylandi. Bugun ushbu binolar 
dizaynida asekko (devorga rasm chizish uslubi) freska, vitraj, bakkar (xrustal bilan bezatish 
uslubi), rang-tasvir, grafika, glintika (toshga o‘yish san’ati), gobelen, izrazets, inkrustatsiya bilan 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin