“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə315/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
262
paytda musiqa rassomlikdagi yoki badiiy adabiyotdagi aniq yo muayyan tasvirlash imkoniga ega 
emas, lekin u ohangdor tovush orqali inson qalbiga kuchli ta’sir ko‘rsatish, uning ruhini qisqa vaqt 
ichida o‘zgartirish qudratiga ega. Bu jihatdan unga teng keladigan san’at turi yo‘q. SHu sababli 
musiqadagi “musiqiylik” tushunchasi barcha san’at turlari uchun yuksak mahorat ma’nosini 
anglatadi. M., she’riyatdagi musiqiylik, nasrdagi musiqiylik, me’morlik – qotib qolgan musiqa, 
ranglar musiqasi v.h.
Raqs san’ati.
Bu san’at turi Ovro‘pada xoreografiya deb ataladi va raqsning barcha turlarini 
o‘z ichiga oladi. Raqs qo‘l va oyoq harakatlariga asoslanadi, lekin bu harakatlar ritm, muqom va 
badanning plastik egiluvchanligi vositasida shiorona xayolot parvozini ifodalaydi. Bu 
vositalarning hammasi musiqa yordamida (juda bo‘lmaganda bir musiqiy asbob ishtirokida) 
umumiy bir uyg‘unlikni tashkil etadi, ana shu uyg‘unlik raqsning san’at sifatidagi mohiyatini 
anglatadi. Raqsning ham o‘z ichki turlari ko‘p, diniy-falsafiy raqslar, mehnat raqslari yoki kasbiy 
raqslar, sof o‘yindan iborat raqslar, insoniy kayfiyatni anglatadigan raqslar, maxsus ssenariy 
(libretto) asosida sahnalashtiriladigan va uzoq vaqt davom etadigan raqslar v.h.
Raqs san’ati, yuqorida aytganimizdek, folklorning uzviy qismi tarzidagi va sahnaviy – 
teatrlashtirilgan ko‘rinishlarga egaligi bilan birga, mintaqaviy-mahalliylik xususiyatiga ham ega. 
Masalan, o‘zbek raqsida uch yo‘nalish mavjud: Toshkent-Farg‘ona, Xorazm va Buxoro yo‘llari 
(ba’zan usullari ham deyiladi). Ular bir-biridan ifodaviy usullarning o‘ziga xosligi bilan 
farqlanadi, ayni paytda har bir raqqosa yoki raqqosning o‘z uslubi bor.
Teatr san’ati.
 
Insoniyat ma’naviy hayotida teatr san’ati juda qadamdan o‘z o‘rnini 
yo‘qotmay keladi. Bundan bir necha ming yillar avval qadimgi Hindiston, qadimgi Xitoy va 
qadimgi YUnonistonda dastlab teatr bir kishilik sahnadan iborat bo‘lgan, keyinchalik ikki kishilik 
sahnadan, undan keyingina jamoviy san’at
 
turiga aylangan. YA’ni spektakl jamoaviy ijod mahsuli 
– rejissyor, dramaturg, aktyor va rassomning ijodiy izlanishlari natijasi o‘laroq yuzaga keladi. Ayni 
paytda unda bir necha san’at turi omuxta tarzda namoyon bo‘ladi: me’morlik, rassomlik 
(dekoratsiya), musiqa va notiqlik san’atining hamkorligi spektaklning sahnaviy asosini, dinamik 
tarzda rivojlanib boradigan dramatizm esa uning badiiy – estetik mohiyatini belgilab beradi.
Teatr san’atining o‘ziga xos jihati shundaki, unda sahna asari tomoshabin oldida yaratiladi, 
o‘sha rejissyor, sahnaga qo‘ygan o‘sha aktyorlar o‘ynagan bugungi spektakl kechagidan farq 
qiladi. Bu sahna san’atining doimiy ijodiyligini ko‘rsatadi, bugungi ijroga aktyor nimanidir 
qo‘shadi yoki undan olib tashlaydi. Bu uning ruhi, ijodiy kayfiyati, ikki yoki uch kunlik o‘sishi 
bilan bog‘liq.
Sirk san’ati.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin