“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə314/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
261
Sohibqiron Amir Temur bobomizning siymosini har tomonlama to‘liq va haqqoniy aks ettirish 
uchun bergan tavsiyalarini alohida qayd etish mumkin. Jumladan, “1993 yili Toshkent shahridagi 
Amir Temur xiyoboniga o‘rnatiladigan haykalni ilk bor muhokama qilganimiz esimda, - deb 
hotirlaydi Prezidentimiz, - Haykaltaroshlar taqdim etgan variantda Sohibqiron qo‘liga nayza 
tutgan holda tasvirlangan edi. Men bunga e’tiroz bildirib, «Sohibqiron bobomiz qo‘lida nayza 
emas, otning jilovini tutib turgani ma’qul, - degan fikrni bildirdim. Buning ramziy ma’nosi bor. 
CHunki, saltanatda nayza ko‘targan odamlar ko‘p bo‘lgan, ammo jilov Amir Temurning qo‘lida 
bo‘lgan. Bu mustahkam davlat tizimini qo‘lda mahkam tutib turishni anglatadi. SHu bilan birga, 
buyuk ajdodimizning ikkinchi ko‘lini baland ko‘tarib, dunyodagi barcha insonlarga tinchlik-
omonlik, baxtu saodat tilayotgan asnoda aks ettirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Qolaversa, 
xalqimizda har bir ish bismil-loh aytib, o‘ng qo‘l, o‘ng oyoqdan boshlanadi. Bu haykadda esa ot 
nima uchundir chap oyoqdan odim tashlayapti».Muhokama ishtirokchilari bu fikrga qo‘shilishdi 
va haykaltaroshlar bildirilgan fikrlar asosida yangi variantni yaratishdi.”
Ana shunday izlanish va tajribalar asosida keyinchalik Farg‘ona shahrida - Ahmad
Farg‘oniy, Urganchda - Muhammad Muso Xorazmiy va Jaloliddin Manguberdi, Navoiy shahrida 
- Alisher Navoiy, poytaxtimizda - G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor va Zulfiya singari 
allomalarimiz, yozuvchi va shoirlarimiz haykallarini, Mustaqillik va Xotira maydonlarida 
zamonaviy monumental san’atimizning noyob namunasi sifatida tan olingan Mustaqillik va 
ezgulik monumentini, Motamsaro ona haykalini, Termiz shahrida Alpomish, Qarshi shahrida esa 
«El-yurt tayanchi» va boshqa o‘nlab monumental san’at asarlari barpo etildi. 
 
Baxshilik san’ati.
Odatda baxshilikni estetikada san’at turiga kiritish qabul qilinmagan va 
xalq og‘zaki adabiy ijodi sifatida badiiy adabiyotning xili deb hisoblab kelinadi. Aslida “bunday 
kamsitish”ning sababi o‘zbek estetikasida shu paytgacha ovro‘paga, to‘g‘rirog‘i, ruslarga 
taqlidning nihoyatda kuchli bo‘lganida. SHunday qilib, biz uni to‘laqonli san’at turi deb bilamiz 
va buni isbotlashga harakat qilamiz.
Baxshilik san’ati asosan SHarq xalqlarida mavjud, kelib chiqishi qadimgi Hindiston bilan 
bog‘liq, 
sanskritchadagi 
“bhikshu” 
(qalandar, 
darvesh) 
so‘ziga 
borib 
taqaladi. 
Keyinchalik,”baxshi”, “baxsha”, “baxshi”, va boshqa shakllarda SHarq xalqlarining ko‘pchiligida 
ustoz, ma’rifatchi degan ma’nolarda qo‘llanilgan. G‘arbda uni faqat qadimgi yunonlar 
madaniyatida ko‘rishimiz mumkin.
Xalq dostonlaridagi tasvirlar, majoziylik ko‘p hollarda mubolag‘aga va alliteratsiyaga 
asoslanadi, natijada badiiy qiyofa afsonaviylashtirilgan, mo‘‘jizaviylashtirilgan tarzda 
gavdalantiriladi. Masalan, “Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlaridagi bahodirlardan biri – Hasan Ko‘lbar 
bir to‘yning oshini eb to‘ymaydi, murtining ichiga kalamushlar in qurib tashlagan v.h.
Rassomlik san’ati.
Bu san’at turi ham qadimdan mavjud, uning dastlabki namunalarini 
qadimgi tosh asridagi g‘orlar devoriga ishlangan rasmlarda ko‘rish mumkin. Ularda asosan ov 
hayvonlari va inson tasviri berilgan.
Rangtasvir voqelikning san’atkor tanlagan nuqtai nazardan mo‘yqalam va bo‘yoqlar 
vositasida muayyan tekis materialga rasm tarzida tushirishdan iborat. Unda rassomning uslubi, 
bo‘yoq tanlashdagi mahorati, nur va soyalar o‘yini yangicha kompozitsion yondashuv kabi 
san’atkor iste’dodini belgilaydigan jihatlar muhim ahamiyatga ega.
Musiqa san’ati.
Agar rassomlik san’atida, deylik uning manzara janridagi Levitanning 
mashhur “Qarag‘ayzor” asari ko‘z oldimizda muayyan ma’noda tugallangan rangtasvir sifatida 
namoyon bo‘lsa, musiqa asari, masalan, Betxovenning “Oydin sonata”si yoki Hoji Abdulazizning 
“Guluzorim” kuyi ohanglar vositasida tinglash jarayonida chizilayotgan rangtasvirdir. YA’ni 
rangtasvir badiiy mazmundagi markazni in’ikos ettirgan holda ibtido bilan intihonni 
tasavvurimizga havola qilsa, musiqada ibtido, markaz va intiho asarning o‘zida mujassam bo‘ladi. 
SHu bois rassomlik san’atini ranglar musiqasi, musiqani esa tovushlar tasviri deyish mumkin. Ayni 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin