“ Ijtimoiy fanlar


Ijtimoiy aloqachilik (kommunikativlik) faoliyati - san’atning o‘ziga xos vazifasi



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə311/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Ijtimoiy aloqachilik (kommunikativlik) faoliyati - san’atning o‘ziga xos vazifasi.
Haqiqiy san’at asari idrok etuvchini muayyan makonda va zamonda «birga olib yuradi», biz uchun
yangi bo‘lgan voqelik bilan «tanishtiradi», hozirgi zamon odamini boshqa bir zamonga, boshqa 
tarixiy voqealar joyiga, boshqa mintaletetga, boshqa mintaqaga «olib boradi», M., SHekspirning 
«Romeo va Juletta» asari orqali O‘rta asrlar Italiyasidagi voqealar bilan bog‘lanamiz. Zamonaviy 
san’at asarida ham shunday holatni ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari, san’at ijodkor va 
jamiyat, ijodkor va asar, asar va uni estetik idrok etuvchi orasidagi uch yoqlama aloqani ham 
amalga oshiradi.
Huzurbaxshlik - san’atning ijtimoiy vazifasi.
Biz yuqorida san’atning kelib chiqishini 
o‘yin bilan bog‘lagan edik. SHunday ekan, huzurbaxshlik vazifasini uning tabiiy burchi deb atash 
mumkin. CHunki o‘yin «bir maza qilish», bir muddat zavqqa berilib, huzur olish uchun kerak. 
San’atda ham, u ilk bor bunyodga kelgan paytidan boshlaboq, huzurbaxshlik asosiy vazifa 
hisoblangan. Biroq, taraqqiyot davomida insonning, qo‘polroq bo‘lsa ham, Arastu ta’biri bilan 
aytganda, «ijtimoiy hayvon»ligi ustuvorlik kasb etib borgani sayin, bu vazifaga juda ko‘p hollarda 
etarli e’tibor berilmaydi: g‘oyaviylik, mafkuraviylik, zamonaviylik, dolzarblik kabi ijtimoiy 
«yuk»lar «san’at elkasiga» me’yoridan ortiq yuklanadi. Natijada sa’at bunday og‘ir yuk ostida 
ezilib qoladi va huzurbaxshlik vazifasini kerakli darajada bajara olmaydi. Bundan na zamon, na 
mafkura, na g‘oya, na san’atkor, na san’at asari foyda ko‘radi. CHunki bularning hammasi asarni 
idrok etuvchiga xuzurbaxshlik orqali etib boradi. Huzurbaxshlik yo‘qolgan joyda san’atning o‘zi 
yo‘qoladi. U bir marta o‘qiladigan, bir marta ko‘riladigan, bir marta tinglanadigan, g‘oyaviyligi 
bilan badiiyligi orasida Xitoy devori ko‘tarilgan soxtalik namunasiga aylanadi. Zero, 
huzurbaxshlik vazifasi san’atning g‘oyaviy-badiiy yaxlitligini ta’minlashi barobarida uni ajdoddan 
avlodga asrab etkazishni ham o‘z bo‘yniga oladi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin