“ Ijtimoiy fanlar


Bilimli, ma’rifatli qilish - san’atning muhim vazifasi



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə310/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Bilimli, ma’rifatli qilish - san’atning muhim vazifasi.
Insonni bilimli, ma’rifatli qilish 
ham san’tning asosiy vazifalaridan. Uni, odatda ma’rifiy – evristik vazifa deb atashadi. Har qanday 
haqiqiy san’at asari insonga turli xil bilim beradi, uni birvarakay ko‘p sohalar bo‘yicha ma’rifatli 
qiladi. M., Jyul Vernning «O‘n besh yoshli kapitan» romanini o‘qir ekansiz, siz dengiz haqida, 
kemalar, qayiqlar, elkanlar, kit ovi, Afrika qit’asining o‘ziga xosliklari u erdagi qabilalalarning 
odatlari, qul savdosi v.b. to‘g‘risida ma’lumot olasiz. YA’ni bir asar orqali bir yo‘la geografik, 
navigatsion, etnografik, tarixiy v.h. ilmlardan xabardor bo‘lasiz. To‘g‘ri, bu bilimlaringiz mazkur 
fanlarni maxsus o‘rganganlik – mutaxassislik darajasida bo‘lmasa ham, lekin siz bundan buyon 
o‘zingizga va mintaqangizga xos bo‘lmagan ijtimoiy hodisalar to‘g‘risida yaxshigina ma’rifatli 
kishi hisoblanasiz. Agar bordi-yu Jyul Vernning asosiy asarlarining barchasini o‘qib chiqsangiz, 
siz har qanday geograf olim bilan bahslasha olasiz. Umrida biror-bir mamlakatga sayohat qilmagan 
bu yozuvchining badiiy asarlari uning ko‘pgina mamlakatlar geografiya jamiyatlari faxriy a’zosi 


17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
258
etib saylanishiga, hatto o‘zining ham geografiyadan ilmiy ishlar qilishiga sabab bo‘ldi, ko‘pdan-
ko‘p olimlarning ilmiy kashfiyotlariga turtki berdi.
Tarbiyaviylik - san’at uchun ustuvor vazifa.
Tarbiyachi sifatida san’at inson 
hissiyotlariga ta’sir qiladi, estetik kechinmalar uyg‘otadi va shu orqali bizda ezgulikdan yovuzlikni 
farqlay bilish ko‘nikmasini shakllantiradi. Bu jarayon ikki yoqlama ta’sir tufayli ro‘y beradi. 
Birinchisi – bevosita, ikkinchisi– bilvosita. Birinchisi – to‘g‘ridan-to‘g‘ri didaktik usul orqali 
amalga oshiriladigan tarbiya. Bunda san’at asarining o‘zi, shakli va mazmuni bilan, butunisicha 
nasihat ruhidagi tarbiyaga qaratilgan bo‘ladi. Misol tariqasida SHayx Sa’diyning «Guliston», 
Ahmad YUgnakiyning «Hibbat ul-haqoyiq» pandnomalarini, Maxtumqulining she’rlarini, 
Ezopning masallarini keltirish mumkin. San’at tarbiyaviyligining ikkinchi, bilvosita tomoni real 
hayot tajribasi sifatida asardan idrok etuvchi o‘ziga «yuqtirgan», ya’ni qalb prizmasidan o‘tkazib, 
o‘zi uchun zarur deb qabul qilgan axloqiy-estetik qadriyatlar bilan bog‘liq.
Bunda san’at asari ijtimoiylashgan badiiyat, undagi qahramon g‘oyaviy-badiiy yaxlitlik tarzida 
tarbiyaviy rol o‘ynaydi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin