“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
G‘ARB 
FALSAFASI 
34
bog‘liq. Masalan, dengiz suvi inson iste’moli uchun yaroqsiz bo‘lsa, baliqlar uchun ayni 
muddaodir. Gyeraklitning qarashlari falsafiy tafakkur rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Pifagor (yeramizdan avvalgi 580-500 yillar) Yunonistonning Samos orolida yashab o‘tgan. 
u qadimgi Yunonistonda diniy-mafkuraviy falsafiy maktab, ya’ni pifagorchilikka asos solgan. 
Pifagor o‘zining siyosiy qarashlari tufayli podsho Polikret bilan chiqisha olmagan va Samosni tark 
etib, janubiy Italiyaga ko‘chib ketgan, o‘sha yerda o‘z uyushmasini tashkil etgan. Uningcha, 
dunyoni bilish jarayoni, avvalo, raqamlarni bilishdan boshlanishi kyerak. Pifagorchilarning 
ta’limotiga ko‘ra, olamning asosida modda ham, tabiat ham emas, balki ideallashgan raqamlar 
yotadi; narsa va hodisalar aynan ana shu raqamlar mahsulidir. Pifagorchilar birinchi bo‘lib 
Yunonistonda tabiatdagi narsa va hodisalarni izohlashda miqdor kategoriyasini ilgari suradi. 
Pifagor zodagonlar oilasiga mansub bo‘lgani bois aristokratiyani himoya qilgan. U «tartib» 
to‘g‘risidagi ta’limotini yaratib, faqat aristokratlar o‘rnatgan tartib ijtimoiy hayotda muhim rol 
o‘ynaydi, degan. Uning fikricha, demokratiya bu tartibotning buzilishidir.
Eley falsafiy maktabi namoyandasi Ksenofan (yeramizdan avvalgi YI — V asr) shoir va 
faylasuf bo‘lgan. U Kichik Osiyoda dunyoga kelgan. Ilm olish maqsadida Yunonistonga, janubiy 
Italiyaga sayohat qilib, umrining so‘nggi yillarini Eley shahrida o‘tkazgan. Tarixchi Diogen 
Layertskiyning yozishicha, Ksenofant «Tabiat haqida» asarining muallifidir. Afsuski, ushbu 
asarning yarmigina omon qolgan, xolos. u ko‘pxudolikka hamda insonlarga xos sifatlarni 
hayvonlarga, o‘simlik dunyosiga daxldor deb biluvchi ta’limotga qarshi chiqib, mifologiyani rad 
etishga harakat qilgan. uning falsafiy ta’limotiga ko‘ra, tabiat - o‘zgarmas va harakatsizdir, 
«Hamma narsa yerdan unib chiqadi va pirovardida yana yerga qaytadi». Biz hammamiz yerdan 
tug‘ilganmiz va yerga aylanamiz». Ksenofan qadimgi yunon faylasuflaridan birinchi bo‘lib, 
bilishning imkoniyati va chegarasi haqida fikr yuritgan. Bu qadimgi yunon gnoseologiyasining 
rivojiga turtki bo‘ldi.
Ksenofant ilgari surgan g‘oyalar uning shogirdi Eley falsafiy maktabining ko‘zga ko‘ringan 
namoyandalaridan biri, yeramizdan avvalgi 504 yili tug‘ilgan Parmenid tomonidan 
rivojlantirilgan. Eley falsafiy maktabining namoyandalaridan biri Parmenidning shogirdi va do‘sti 
Zenon (490-430 yillar) o‘z ustozining ta’limotini himoya qildi va uni rivojlantirdi.
Qadimgi Yunon madaniyatida sofistlar falsafasi katta o‘rin tutadi. Sofistlar antropologiya 
(inson haqidagi fan) va gnoseologiya (bilish to‘g‘risidagi fan) muammolari bilan shug‘ullangan. 
Sofistlar yangi kasblarning mohir ustalari, ya’ni o‘qituvchilar, diplomatlar, notiqlar, sud 
mahkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat bo‘lib, haqiqat, osoyishtalik, adolat o‘rnatishga 
xizmat qilgan. ularning ta’limoti Suqrot falsafasiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan.
Suqrot (yeramizdan oldingi 469-399 yillar.) (asli — Sokrat) — qadimgi Yunon faylasufi. 
«Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan shug‘ullangan, hurfikrli 
inson, kambag‘aldan chiqqan, tosh yo‘nuvchining o‘g‘li, o‘ta bilimdon kishi sifatida mashhur 
bo‘lgan. Uning hayoti fojiali tugagani to‘g‘risidagi misol falsafiy afsonaga aylanib ketgan. O‘z 
davrida Afinadagi hukmron tuzum tartib-qoidalariga qarshi chiqib, yangi fikrlarni ilgari surgani 
uchun ruhoniylar uni dahriylikda hamda yoshlarni axloqan buzishda ayblaganlar. Unga shunchaki 
ayb emas, siyosiy ayb qo‘yilgan. Garchand qutilish imkoni bo‘lsa-da, qonun va jamiyat tartiblarini 
nihoyatda qattiq hurmat qilganligi bois, u jazodan qochishni istamagan va bir qadah zahar ichib 
o‘lgan. Suqrot va uning tarafdorlari jamiyat qonunlariga, ular qanday bo‘lishidan qat’i nazar, 
so‘zsiz itoat etishni targ‘ib etganlari g‘oyatda ibratlidir. Holbuki, Suqrot va uning shogirdlari 
Afinada amal qilgan qonunlarni noto‘g‘ri va adolatsiz deb hisoblagan hamda ularni qattiq tanqid 
qilgan, ammo, shunday bo‘lsa-da, ularga bo‘ysungan. Shu ma’noda, Suqrot o‘zini aybdor deb 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin