“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Falsafiy dunyoqarash. 
Bu
 
tushunchaning mazmuni insonning olamga, voqea va hodisalarga, 
o‘zgalarga va ularning faoliyatiga, o‘z umri va uning mazmuni kabi ko‘pdan-ko‘p tushunchalarga 
munosabati, ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida namoyon bo‘ladi.
Falsafiy dunyoqarash dunyoni, borliqni aqliy jihatdan umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy 
qarashlar tizimidir. U insonning aqliy-intellektual faoliyatiga ko‘proq e’tibor beradi.Falsafiy 
dunyoqarash shakllanishi va rivojlanishiga afsonaviy, diniy dunyoqarashning ta’siri bo‘lganini 
inkor etib bo‘lmaydi. Falsafiy dunyoqarash ana shu ikki irmoq negizida vujudga keldi.
Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va 
ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda ijtimoiy borliqning barcha jihatlari 
aks etadi. Dunyoqarashning shakllanishida his-tuyQu, aql-idrok va tafakkur ham muhim o‘rin 
tutishi tabiiy. Uning shakllanishi kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham boQliq 


1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 
11 
bo‘lib, inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy 
saviyasi, shaxsiy taqdiri, yoshi va hokazolar aks etadi. Muayyan davr dunyoqarashida zamon ruhi, 
ijtimoiy kuchlarning kayfiyati, intilishi ham o‘z ifodasini topadi. Masalan, bugungi o‘zbekiston 
mustaqilligini mustahkamlash zarurati istiqlol dunyoqarashini shakllantirishga ulkan ta’sir 
ko‘rsatmoqda.
 
Falsafiy dunyoqarash murakkab tuzilishga ega.
U
muayyan bilimlar, kelajakka 
qaratilgan G‘oya va maqsadlar, tabiiy va ijtimoiy fan yutuqlari, diniy tasavvurlar, qadriyatlar, 
ishonch, e’tiqod, fikr, hissiyot kabi tarkibiy qismlardan iborat.
Bularning ichida e’tiqod muhim ahamiyat kasb etadi. U dunyoqarashning mazmunini tashkil 
etadigan asoslardan biridir. E’tiqod insonning o‘z qarashlari va g‘oyalari to‘g‘riligiga, 
orzuumidlarining asosli ekaniga, faoliyati va xatti-harakatining umumiy maqsadlarga va talablarga 
mosligiga bo‘lgan chuqur ishonchidan paydo bo‘ladi. U insonning hissiyoti, irodasi va faoliyatini 
belgilaydi, ularni boshqaradi, shaxsni omilkorlikka, samarali faoliyatga undaydi.
Falsafiy dunyoqarash tarkibida hissiyot va aql muhim o‘rin tutadi. hissiyot dunyoqarashning 
emotsional-ruhiy jihati bo‘lib, dunyoni tushunish esa, dunyoqarashning aqliy shaklidir. hissiyot – 
quvonch, shodlik, zavqlanish, hayot va kasb-kordan mamnunlik yoki norozilik, hayratlanish, 
xavotirlanish, asabiylashish, yolg‘izlik, zaiflik, ruhiy tushkunlik, g‘am-qussa, nadomat, o‘z 
yaqinlari va vatani taqdirini o‘ylash kabi xilma-xil shakllarda namoyon bo‘ladi. Ana shular 
barchasining uyg‘unligi dunyoni his etishga olib keladi. Dunyoni his qilish esa, uni aqliy 
tushunishga, muayyan dunyoqarashning shakllanishiga asos bo‘ladi.
Inson aqli unga xos hissiyot va tasavvurlar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi va 
takomillashtiradi. har bir kishiga xos hissiyot va fikr, bilim va e’tiqod, intilish va kayfiyat, 
orzuumid va qadriyatlar dunyoqarash tarkibida yaxlitlashadi va olamni bir butun holda aks ettiradi. 
Bir butun, yaxlit dunyoqarashning shakllanishi bolalikdan boshlanib, inson hayotining oxirigacha 
davom etadi. Bu holat individual dunyoqarashning asosiy tamoyillaridan birini ifodalaydi.
Falsafiy dunyoqarashning shakllanishida bilim g‘oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bilimda 
dunyoqarashning barcha belgilari mavjud. Lekin, bilim va dunyoqarash aynan bir narsa emas. 
Olamni tushunish bilimlar paydo bo‘lishi uchun asosdir. Bilim inson ongida hissiy va aqliy bilish 
jarayonida hosil bo‘ladi, u dunyoqarashning asosi, uning uzviy qismidir.
Falsafa azal-azaldan dunyoqarash bo‘lgan. Chunki, uning o‘zi hayot nima uchun berilgan, 
dunyoga kelishdan maqsad nima, umrni mazmunli o‘tkazishning qanday yo‘llari bor, degan talay 
savollarga javob topish zarurati tufayli vujudga kelgan. Falsafiy dunyoqarash o‘zining nazariy 
asoslangani va puxta ishlangani bilan ajralib turadi. Shu ma’noda, u boshqa fan yoki faoliyat sohasi 
uchun umumiy uslub vazifasini ham bajaradi.
Agar nazariya bilish jarayonining natijasi bo‘lsa, usul (metod) shu bilimga erishish yoki uni 
amalga oshirish yo‘lini anglatadi. Falsafiy nazariya esa, bir vaqtning o‘zida usul vazifasini ham 
bajara oladi. Tarixning burilish davrlarida o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishlari va maqsadlari 
nechog‘li to‘g‘ri ekani falsafiy dunyoqarash tamoyillariga solishtirib aniqlanadi. Bunda muayyan 
falsafiy nazariya umumiy usul (metod) sifatida qabul qilinadi. Shu sababdan ham bunday davrlarda 
falsafiy nazariyalarga e’tibor kuchayadi, taraqqiyot yo‘llaridan borish falsafiy modellarining 
ahamiyati ortadi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin