“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) 
114
8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) 
 
REJA: 
1.
Sharq va G‘arb falsafasida inson muammosi.
2.
Falsafiy antropologiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, predmeti va vazifalari.
3.
Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va sotsiologizatorlik 
konsepsiyalari.
4.
Hayotning mazmuni va unda insonning vazifasi.
5.
Inson borlig‘ida o‘zlikni anglashning namoyon bo‘lishi.
Tayanch tushunchalar: 
Inson, shaxs, individ, antropologiya, inson — biologik mavjudot, inson — 
ijtimoiy mavjudot, inson faolligi, inson qadri, introvertiv, ekstrovertiv, inson ehtiyojlari, 
manfaatlari,maqsadi, ideallari, inson huquqi, barkamol inson, praksiologiya, faoliyatning atributlari.
 
 
Inson falsafiy muammo sifatida. 
Falsafa tarixida insonga murojaat etmagan, inson 
moddiy va ma’naviy borlig‘ining turli tomonlarini bevosita yoki bilvosita tahlil qilmagan faylasuf 
yoki falsafiy yo‘nalishni topish deyarli mumkin emas. Aksariyat falsafiy va diniy tizimlar, katta 
olam yoki makrokosmga zid o‘laroq, insonga mikrokosm yoki kichik Koinot sifatida qarab, uni 
butun olamni tushunish kaliti, deb hisoblaganlar. Faylasuflar inson sirining tagiga etish borliq 
jumbog‘ining tagiga etish bilan barobar ekanligini qayta-qayta anglab etganlar. Zero, Forobiy 
aytganidek, «Odamlar o‘zlarining xos xususiyatlariga va tabiiy ehtiyojlariga ko‘ra jamiyat 
tuzadilar. Ularning harakat va fe’llarini dastavval bora-bora odatlarga aylanadigan tabiiy 
qobiliyatlar belgilaydi»
30
. O‘z-o‘zingni angla va shu orqali dunyoni anglaysan. Dunyoni insonning 
teran qatlamlariga kirmasdan, sirtdan bilishga bo‘lgan barcha urinishlar,narsalar haqida faqat 
yuzaki tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Insondan sirtga qarab harakat qiladigan bo‘lsak, 
narsalar mohiyatini hech anglay olmaymiz, zero, bu mohiyat insonning o‘zida mujassamlashgan. 
Bu fikr qadimgi mutafakkirlargayoq yaxshi ma’lum bo‘lgan. Unga turli ko‘rinishlarda Sharqda 
ham, Yunon-rim falsafiy an’anasida ham duch kelish mumkin. Xususan, antik davrda Delfidagi 
Apollon ibodatxonasiga kiraverishda ustunga o‘yib yozilgan, rivoyatlarga qaraganda, Suqrot 
takrorlashni yaxshi ko‘rgan «O‘z-o‘zingni angla», degan ibora, ayniqsa, mashhur bo‘lgan. 
Ajablanarlisi shundaki, oradan ikki yarim ming yil vaqt o‘tgach, hozir ham bu fikr o‘z ahamiyatini 
yo‘qotgani yo‘q. U nafaqat narsalar dunyosini, balki inson borlig‘ining mohiyatini, inson va 
ijtimoiy munosabatlarning asl tabiatini tushunishga harakat qilayotgan har bir odam uchun o‘z-
o‘zini anglashga chorlovchi fikr bo‘lib qolmoqda. Buni faqat shu bilan izohlash mumkinki, ayni 
holda har bir yangi avlod o‘z davri hamda tabiiy-ilmiy va falsafiy tasavvurlarning tegishli darajasi 
nuqtai nazaridan echishga harakat qiladigan o‘ta murakkab, «boqiy» falsafiy masala lardan biri 
to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Tarixga boshqa ko‘p sonli iboralar ham ma’lum bo‘lib, ular vaqt, 
madaniyat va diniy e’tiqoddan qat’i nazar, inson barcha zamonlarda butun dunyo 
mutafakkirlarining diqqat markazida bo‘lgani va hozir ham shunday ekanligi, tayanch nuqtasi va 
hatto bilish mezoni bo‘lib xizmat qilishidan dalolat beradi. Xususan, qadimgi xitoy faylasufi Lao 
Szi fikriga ko‘ra, «boshqalarni biluvchi –oqil, o‘zini biluvchi –donishmanddir». Protagorning: 
«Inson barcha narsalar mezonidir», degan fikri ham juda mashhur. «Tangri saltanati bizning 
ichimizdadir», deb o‘rgatgan Iso Masih. Buddaviylarning: «O‘zligingga nazar tashla,sen 
Buddasan», degan chorlovi ham yuqoridagi fikr bilan hamohangdir. Islomda «Kimki o‘zini bilsa, 
u Allohni ham bilgaydir», deyiladi. Demak, inson o‘zini dunyodan oldinroq va ko‘proq biladi, 
ayni shu sababli, u dunyoni o‘zidan keyin va o‘zi orqali anglab etadi. Falsafa dunyoni inson orqali 
30
Ал-Фараби. Философия политики. –М.: 1989 г. с. 529.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin