“ Ijtimoiy fanlar


Noto’liq induksiya shunday mantiqiy uslubki, unda turkumga mansub pedmetlar haqida



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Noto’liq induksiya shunday mantiqiy uslubki, unda turkumga mansub pedmetlar haqida 
chiqarilgan xulosa uning tarkibiga kiruvchi barcha predmetlarni qamrab olishi shart emas. 
Masalan: suv (N2 O)2 vodorod atomi va 1 kislorod atomidan iborat.
Noto’liq induksiya 
ehtimollik, haqiqatga yaqinlik xarakteriga ega bo’ladi. Masalan: Isitilganda 
azot, kislorod, vodorodlarning kengayishi kuzatiladi. Shu asosda gazlar isitilganda, kengayadi, 
degan xulosaga kelish mumkin. 
Noto’liq induktiv 
xulosa chiqarish 3 ko’rinishda uchraydi:
1)
Oddiy sanash orqali induktiv xulosa chiqarish. Bu ommabop induksiya , deb ataladi.
2)
Faktlarni tanlash va tahlil etish orqali xulosa chiqarish.
3)
Salbiy aloqadorlikni aniqlashga qaratilgan ilmiy induksiya.
4. 
Anologiya 
grekcha anologia so’zidan olingan bo’lib, muvofiqlik, o’xshashli ma’nolarini 
anglatadi. Analogiya xulosa chiqarishning eng qadimgi uslublaridan biri hisoblanadi. Analogiya 
inson tafakkuri taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridan boshlab rivojlangan. Analogiya xulosa 
chiqarishning shunday uslubiki, muayyan belgining, munosabatning predmetga xosligi haqidagi 
xulosa boshqa predmetning belgi va munosabatlariga solishtirish vositasida chiqariladi.
Analogiyada o’rganilayotgan predmet - modelyep, unga xususiyatlari belgilari o’xshagan predmet 
- prototip, deb yuritiladi. Masalan:
A predmet a, b, c, d, q xususiyatlarga ega;
V predmet ham a,b,c,d xususiyatlariga ega.
Demak, V predmet q xususiyatiga ham ega bo’lishi mumkin.


11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH 
169
Yer va Quyosh solishtirilayapti, deylik. Yerning quyoshga o’xshash elementlari: a) har ikkisi bir 
sistemaga kiradi. b) spektral analiz orqali har ikkalasining kimyoviy tuzilishi o’xshashligi 
aniqlandi. v) Quyoshda geliy mavjudligi aniqlandi va shu asosda geliy Yerda ham mavjud bo’lsa 
kerak, degan xulosa chiqarildi. Keyinchalik bu xulosa geliy elementining kashf qilinishi bilan 
isbotlandi.
Analogiya yordamida xulosa chiqarishdan amaliyotda keng foydalaniladi. Masalan: g’o’zadagi 
ko’sakka qarab, hosildorlikni aniqlash; ekin zararkunandalariga qarshi kurashning biologik usulini 
topish; turli texnik vositalar, moslamalar yasash, kibernetik mashinalarni yaratish va boshqalarda 
mantiqiy fikrlashning analogiya usulidan foydalanilgan.
Analogiya yordamida chiqarilgan xulosalar insonning olam haqidagi bilimlarining 
chuqurlashuviga xizmat qiladi.
Odatda, analogiya bo’yicha chiqariladigan xulosa ehtimollik xarakteriga ega bo’ladi, uning 
haqiqatga qanchalik yakinroq bo’lishi bir qator omillarga bog’liq bo’ladi:
-
o’rganilayotgan va solishtirilayotgan ob’ekt mumkin qadar ko’proq umumiy belgilarga ega 
bo’lishi;
-
bu belgilarning mumkin qadar ko’proq narsa va hodisalar mohiyatidan kelib chiqishi.
Xulosaga asos qilib olingan axborot (belgi, tomon va hokazo)ning xarakteriga ko’ra analogiya 2 
ko’rinishda namoyon bo’ladi:

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin