“ Ijtimoiy fanlar


Milliy ma’naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyatlar O‘zbekistonda yoshlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə263/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Milliy ma’naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyatlar O‘zbekistonda yoshlar 
tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolotida nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy 
qadriyatlarining o‘rni.
Ma’lumki, qadim zamonlardan boshlab oila, undagi axloq, odob masalalari har bir davrning, 
jamiyatning eng ilg‘or kishilari, olimlar, shoirlar, buyuk allomalar va donishmandlarning asosiy 
diqqat markazida bo‘lib kelgan. Sharqning buyuk allomalari Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg‘ariy, Kaykovus, Alisher Navoiy,
Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin Ibn Faxriddin, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, 
Nodira, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat kabi ko‘plab olim va yozuvchilar oila, odob-axloq 
masalalari yuzasidan o‘zlarining qimmatli fikrlarini bizlarga bayon qilib ketganlarki, ular hozirgi 
hayotimiz uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga ega. YUqorida zikr etilgan 
bobokalonlarimizning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga alohida e’tibor qaratilgan 
Binobarin, turkiy xalqlarning qadimgi yodgorliklaridan biri bo‘lgan “Avesto”da oila inson 
salomatligi, kamolotining manbai, shuningdek muqaddas dargoh sifatida qadrli ekanligi, farzand 
tarbiyasi, oila barqarorligida er va xotinning teng darajada mas’ulligi haqidagi ilg‘or fikrlar bayon 
etilgan. Jumladan, asarning bosh qahramoni Zaradushtraning zamindagi eng muhtaram go‘sha 
qaysi go‘sha? – degan savoliga yaxshilik va ezguliklar xudosi bo‘lmish Axura Mazda: “Agar inson 
uy tiklab, olovga va oilasiga, xotini va farzandlariga, mollariga o‘rin ajratib bersa, em-xashagi 
ko‘p bo‘lib, chorvasi va itlari to‘q yashasa, uyida nozne’matlar muhayyo bo‘lib, xotini va 
farzandlari farovon yashasa, uyida e’tiqodi sobit, olovi alangali, boshqa narsalari ham mo‘l-ko‘l 
bo‘lsa, o‘sha manzil muhtaramdir” – deb javob beradi. “Avesto”da insoniy burch faqat axloqiy 
yo‘lyo‘riqlarni o‘zlashtirishdan iborat bo‘libgina qolmasdan, balki inson oilaviy turmush, yaxshi 
yor va farzand to‘g‘risida ham o‘ylashi zarurligi ta’kidlanadi
48
. Unda qayd etilishicha, erkak kishi, 
avvalo uylanish uchun moddiy va ma’naviy tomondan to‘q va jismonan baquvvat bo‘lishi lozim. 
Buning uchun o‘z vaqtida ovqatlanishi zarur, aks holda erkak kishi o‘z xizmat va axloqiy 
burchlarini bajara olmaydi. Umuman, zardushtiylikda oilaviy burch va farzand tarbiyasi alohida 
o‘rin tutadi. Bordi-yu erkak kishi zurriyod qoldirish qobiliyatiga ega bo‘lsa-yu, ammo uylanmasa, 
unga tamg‘a bosishar yoki beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur qilishardi. Ba’zan bunday erkakni 
qopga solishib kaltaklashgan. “Avesto”da qarindoshlarning o‘zaro oila qurishi man etilgan. Qavm 
va urug‘ qonini toza, avlodni benuqson saqlash uchun shunday qilingan.
48
А.Маковельский. Авесто. Баку, 1960. 80 – 81-б. 


214 
Buyuk mutafakkir, qomusiy allomalarimizdan biri Abu Nasr Farobiy YAqin va O‘rta SHarq 
xalqlarining ma’naviyati hamda madaniyati rivojiga bebaho hissa qo‘shdi. Axloqiy tarbiya va 
odob-axloqning nazariy masalalarini tadqiq etish mutafakkir ijtimoiy qarashlarining eng muhim 
qismidir. Farobiy inson axloqi va odobi xususida fikr yuritar ekan, u axloqning shakllanishini 
jamoaviy mehnat bilan birgalikda tasavvur qiladi. Uning fikricha, birgalikda mehnat qilish 
jamiyatni vujudga keltirganidek, axloqni ham jamoaviy mehnat yaratadi. Farobiy baxt 
tushunchasini kishilarning turmushdagi saodatga erishuvi deb tushunadi. Uningcha, “Baxtga 
erishish uchun foydali bo‘lgan hamma narsa va baxtga erishilishida ishga solinadigan hamma 
narsa yaxshilikdir va baxtga biron-bir darajada to‘sqinlik qiladigan hamma narsa mutlaqo 
yomonlikdir” 
49
.
Buyuk aql-zakovat sohibi Abu Rayhon Beruniy o‘zining 150 dan ziyod asarlarida inson hayotidagi 
tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni qamrab olgan. Beruniyning izohlashicha, shaxsning 
ma’naviy qiyofasi u boshqa odamlar bilan muloqotda bo‘ladigan jamiyatda shakllanadi. Inson 
jamiyatda o‘z qarindoshurug‘lari bilan birlashib yashashga majburdir, bundan maqsad bir-birini 
qo‘llab-quvvatlash hamda har bir kishining ham o‘zini, ham boshqalarni ta’minlash uchun kerakli 
ishlarni bajarishidir. Odam hamma vaqt boshqalarning baxt-saodati haqida, muayyan vazifalarni 
bajarish zarurligi haqida o‘ylashi lozim. Mutafakkirning fikriga ko‘ra, muruvvatli kishi odamlarga 
xayrixoh, halol va haqgo‘y bo‘ladi. Beruniy mulozamat, rahmdillik, qat’iyat, sabr-toqat va 
kamtarlikni yuksak axloqli insonning asosiy xislatlari deb biladi. Mutafakkir muruvvatlilik 
deganda, eng avvalo insonning axloqiy kamolotini tushunadi. Beruniy o‘z asarlarida og‘ir 
nuqsonlarni – ziqnalik, yolg‘onchilik, munofiqlik, xushomadgo‘ylikni, ayniqsa kishilarning o‘z 
bilimlariga, qobiliyatlari va axloqiy xislatlariga muvofiq bo‘lmagan yuksak mavqeni egallashga 
intilishlarini qattiq qoralaydi. Axloqan mukammal kishi, deb uqtiradi Beruniy, lazzat me’yorini 
biladi. Ammo shunday kishilar borki, ularning talab-ehtiyojlari cheksiz bo‘lib, ularda “dunyoning 
ko‘rki behuzur, uning go‘zalliklari esa - xunuk” bo‘lib tuyuladi. Haqiqiy odam shaxsiy va ijtimoiy 
hayotni aql-idrok va adolat talablariga muvofiq tarzda tashkil etishi lozim. Zero (odam) erisha 
borgan sari ortib boradigan intilish(gina) chinakam rohat baxsh etadi. U (odam) ana o‘shandagina 
(ilgari) bilmaganiga tushunib etadi. Insonning ichki va tashqi go‘zalligi bir bo‘lgandagina u 
haqiqiy kamolotga erishadi. Muallif ozodalik va orastalik olijanoblikning o‘zagidir deb uqtiradi. 
YUksak madaniyatli kishi bo‘lgan Beruniy insonning tashqi yoqimli qiyofasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
uning axloqiy qiyofasiga bog‘liqligini uqtiradi. SHunga asosan, u tishni yuvish, ko‘z va qovoqlarni 
toza tutish, ularga surma qo‘yish, sochni esa zarur bo‘lganda, bo‘yash, tirnoqlarni olib turish va 
silliqlash lozimligi va hokazolarni ta’kidlaydi. Mutafakkirning fikricha, agar inson axloq-odobli 
bo‘lishni istasa, yurish-turish va hayot kechirishning, madaniyatning barcha unsurlari, 
me’yorlariga rioya qilishi lozim. SHunday bo‘lish, avvalo, uning o‘ziga bog‘liq, chunki inson o‘z 
ehtiroslariga hukmron va ularni o‘zgartirishga qodirdir, u o‘z joni va tanini tarbiyalar ekan, uni 
ma’naviy shifokorlik bilan davolashi hamda asta-sekin axloq haqidagi kitoblarda ko‘rsatilgan 
usullar bilan illatlarni bartaraf etishi zarur. Beruniy oila va nikoh munosabatlarining juda nozik 
tomonlarini axloqiy va huquqiy nuqtai nazardan tadqiq qilar ekan, oilaning mustahkam va 
tinchtotuv bo‘lishi, er-xotinning ahilligi, shirinso‘zligi birbiriga bo‘lgan mehr-oqibatiga bog‘liq, 
degan xulosaga keladi. Ayniqsa, uning yoshlarga qarata aytgan quyidagi purma’no nasihatlari 
g‘oyat muhim bo‘lib, bugungi kun yoshlari uchun ham alohida ahamiyatga ega: “Ey, qizim, sen 
o‘rgangan uyingdan ketib, notanish xonadonga tushmoqdasan. Sen bo‘lajak kuyovingning hamma 
xislatlarini bilmaysan. Sen er bo‘l, u osmon bo‘ladi. Sen u bilan shunday yo‘l tutki, uning oldida 
er kabi kamtar bo‘lsang, u osmon kabi olijanob bo‘ladi. Osmon shifoli yomg‘iri bilan erni 
ko‘kartirgani kabi, u ham o‘z mehrshafqati bilan seni xushnud etadi.. . Ering sendan shirin va 
49
М.Хайруллаев. Фаробий ва унинг фалсафий рисолалари. – Т: “Фан”,1963. 


215 
yumshoq so‘zlar eshitsin. Yaramaydigan yoki eski libosda, yoki sochlaring tartibga solinmagan 
holda, uning oldiga o‘tirma. SHirin so‘zli bo‘lgin, bu ishing har qanday sehr-jodudan yaxshidir. 
Suvdan tez-tez foydalangin. O‘zinga xushbo‘y narsalar bilan oro ber. Pokizalik hamisha 
yo‘ldoshing bo‘lsin”
50
.
Oilaviy munosabatlar va ijtimoiy sohaga oid fanlar tizimida buyuk mutafakkir, dunyo xalqlari 
tafakkuri xazinasidan tib ilmining bilimdoni sifatida joy olgan alloma Abu Ali ibn Sinoning o‘ziga 
xos qarashlari mavjud. Uning pedagogik va psixologik qarashlari, ijtimoiy asosga qurilgan bo‘lib, 
u bola tarbiyasida umuminsoniy tamoyilning qo‘llanilishini yoqlab chiqqan va tarbiyachi ota-
onalarga bolani qattiq tana jazosidan ko‘ra, shaxsiy ibrat orqali tarbiyalash ma’qulligini uqtirgan. 
Ibn Sinoning “Tadbiri manzil” asarining katta bir bobi oila va oilaviy tarbiya masalalariga 
bag‘ishlangan. U oila boshlig‘i oldiga katta talablar qo‘yadi, farzandlarni bir-biriga mehribon qilib 
tarbiyalash haqida fikr yuritadi. SHaroit qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bola tarbiyasi ota-
onalarning vazifasidir. Ibn Sino o‘z asarlarida ota-ona davlat boshlig‘imi yoki jamiyatning oddiy 
bir a’zosimi baribir bola tarbiyasi masalasida ularga bir xil talab qo‘yiladi, degan g‘oyani ilgari 
suradi. Alloma bola tarbiyasining qiyin va murakkab ish ekanini chuqur his etadi. Bola axloqining 
shakllanishida, deydi u er-xotinning bir-biriga bo‘lgan munosabati, birbirini hurmat qilishlari 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun oila a’zolarining har biriga ma’lum vazifalar yuklatilgan 
bo‘lishi, erkak kishining oilaga bosh bo‘lishi va zarur talablarni bajarishi, agarda biror narsani 
va’da qilgan bo‘lsa, va’dasining ustidan chiqishi lozimligini ta’kidlaydi. Bolaning mustaqil 
ovqatlanish davri boshlanishi bilan ota uning axloqiy tarbiyasiga kirishuvi zarurligini, maqsadga 
erishish uchun tarbiyada bolani ba’zan maqtash, ba’zan jazolash ham kerakligini aytadi. Ibn Sino 
yashagan davrda ayollar haqida yoki ularning manfaatlari nuqtai nazaridan ijobiy fikrlar aytish 
qanchalik qiyin bo‘lishiga qaramay, u ayollarning oila va jamiyatda tutgan o‘rniga katta ahamiyat 
beradi, ijodiy ishlarida oqila ayollarni ko‘klarga ko‘tarib maqtaydi. Uningcha, agar ayol aqlli 
bo‘lsa, o‘z erining ishonchli do‘sti va hayotda eng birinchi yordamchisi bo‘ladi, bevafo erxotinlar 
esa oilani halokatga olib boradi. Ibn Sino oilada to‘g‘ri tarbiyani olib borish, oila baxtining muhim 
asosi deb hisoblaydi. Uning fikricha, oilada otaning tabiatan yumshoq bo‘lishi bola tabiatini 
buzadi. Oilada bosh tarbiyachi otadir va otaning qattiqqo‘l bo‘lishi bolalar tarbiyasida muhimdir, 
chunki ota katta ta’sir kuchiga egadir. Muallif mazkur asarning “Ayollarning yaxshi sifatlari” 
bo‘limida onalarning oilada bosiq, dono, halol va kamtar bo‘lishlari hamda bola tarbiyasida otaga 
eng yaqin ko‘makdosh bo‘la olishlari oila mustahkamligini saqlashda katta yordam berishini 
ta’kidlaydi. Allomaning “Tib qonunlari” kitobida esa bola tarbiyasidagi onaning vazifalari alohida 
ko‘rsatib berilgan. Bola kamolotida onaning mumkin qadar sipo, vazmin va bosiq bo‘lishi 
kerakligi, undagi g‘azablanish, qayg‘urish, qo‘rqish kabi ruhiy kechinmalar bolaga zarar keltirishi 
ta’kidlangan. Ibn Sino oila boshlig‘i oldiga qator talablarni qo‘yadi. Oila boshlig‘i, deb yozadi u, 
ham nazariy, ham amaliy jihatdan oilada tarbiya masalalarini mukammal o‘zlashtirmog‘i lozim. 
Agar oila boshlig‘i tajribasiz bo‘lsa, u o‘z a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi, oxir oqibat u 
yaxshi ijobiy natijalarga erisha olmaydi, yomon tarbiya nafaqat ushbu oila, balki qo‘shnilarga, 
mahallako‘yga ham yomon ta’sir qilishi mumkin. Oilada bola tarbiyasi ota-onaning jamiyatda 
tutgan mavqeidan qat’i nazar, ularning birlamchi vazifasidir. Donishmand mehnat tarbiyasi 
borasida fikr yuritar ekan, jumladan quyidagilarni ta’kidlaydi: Har bir bolani biror hunarga 
o‘rgatmoq shart, yosh yigit biron hunarni o‘rgansa, uni hayotda tatbiq eta olsa va mustaqil hunar 
tufayli oilani ta’minlaydigan bo‘lsagina, otasi uni uylantirib qo‘ymog‘i lozim, deydi. Demak, 
allomaning oila qurish uchun zarur ijtimoiy va iqtisodiy etuklik haqidagi fikrlari, ayniqsa yosh oila 
va oila quruvchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, oilaning mustahkamligi va baxtli 
bo‘lishi aynan oila quruvchilarning ham ijtimoiy, ham iqtisodiy jihatdan etukliklariga va ko‘proq, 
50
Ҳ.Бобоев, С.Ҳасанов. Берунийнинг сиѐсий-ҳуқуқий қарашлари.// “Ҳаѐт ва қонун” журнали. 1996 йил, 3сон. 


216 
yigitning oila qurishga tayyorgarligiga bog‘liqdir. O‘ziga xos tafakkur sohibi bo‘lgan, so‘z 
mulkining sultoni, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning turmush madaniyati, odob-axloq, 
sevgi-muhabbat borasidagi qarashlari bu borada alohida o‘rin tutadi. Alloma o‘zining “Mahbubul 
qulub” (ya’ni “Qalblarning mahbubasi” asarida biz uchun qimmatli bo‘lgan o‘gitlarini bayon etib, 
turmush va oilaviy hayotdagi turli vaziyatlardan chiqishga imkon beruvchi fazilatlar va ularni 
tarbiyalash masalalariga e’tibor qaratadi va ayol kishining oilada tutgan o‘rni xususida, jumladan 
shunday deydi: Yaxshi xotin – oilaning davlati va baxti. Uyning ozodaligi, uy egasining xotirjam 
va osoyishtaligi undan, husnli bo‘lsa, ko‘ngil yozig‘i, xushmuomala bo‘lsa, jon ozig‘idir. Oqila 
bo‘lsa, ro‘zg‘orda tartib-intizom bo‘ladi, asbob-anjomlar saranjom turadi. Kishi bu kabi jufti halol 
bilan qovushsa, agar bunday baxtga erishsa, g‘am va kulfatda sirdoshga, oshkor va pinhoniy dard-
alamda hamnafas tan mahramiga ega bo‘ladi. Turmushda boshingga har qanday jafo tushsa, 
hamdarding u, teskari aylanuvchi falakdan har balo kelsa, ko‘makdoshing u. Ko‘nglingga g‘am 
yuzlansa, u hamrox, badaningda xastalik va zaiflik kelsa, uning ham joni halak, ammo xudo 
ko‘rsatmasin, nomuvofiq xotin uchrasa, o‘z uyingda halokatli illat paydo bo‘ladi. U beandisha, 
shallaqi bo‘lsa, ko‘ngil undan ozor chekadi va yomonlik axtaruvchi bo‘lsa, undan ruh azob 
chekadi. Tili achchiq bo‘lsa, barchaning dilini yaralaydi, pokiza bo‘lmasa, eriga yuzi qoralik 
keltiradi. SHarq xalqlari tarixi va madaniyatiga, umuman, ta’lim-tarbiyaga oid o‘nlab asarlar 
yozgan ma’rifatchi olim Rizouddin ibn Faxruddin o‘zining “Oila” asarida ayollar xususida 
shunday fikrlarni bayon qiladi: “Oilaning asl ustuni – xotindur. Zero, erkaklar xulqu tarbiya 
xususida xotinlardan boshqa hech bir kimsaga bo‘ysunmaslar. Xatto, buyuk maktablarda oliy fikrli 
odamlar huzurida ilm oluvchilar ham onalaridan olgan tarbiyalari bilan yasharlar va bu tarbiyani 
so‘nggi kunlariga qadar saqlarlar. Shu sababdan ham faylasuflardan biri: – insonlar har vaqt 
xotinlar istagani kabi bo‘lajaklar, agarda buyuk va fazilatli odamlarga ehtiyojingiz bo‘lsa, 
xotunlarga buyuklik va fazilat o‘rgatingiz, - demishdir. Tarbiyali xotin ota-onasini, er hamda 
bolasini, butun oila xulqini, oilaga munosabatli bo‘lgan do‘stu qo‘shnilarini, xodimu xodimalarini 
tarbiya-yu, husnu xulqi bilan mamnun qilur. O‘zi ham baxtli o‘laroq umr surur. Ammo tarbiyasiz 
xotin buning aksini qilib, otaonasini, eru bolasini el masxarasiga qoldirur. O‘zi ham baxtsiz o‘laroq 
yashar, bolalarini tarbiyasiz qoldirib, umrlarini barbod qilur. Natijada, qizlik va onalik kabi dunyo 
va oxirat ne’matlaridan ham mahrum bo‘lur. Bir inson naqadar boyu, naqadar martaba sohibi 
bo‘lsa-da, uning tarbiyali xotini bo‘lmasa, u baxtli emas. Zero, baxt oilasi ichida rohatli umr 
ko‘rmakdan iborat Darhaqiqat, oila bizning xalqimiz hayotida muqaddas ma’naviy qo‘rg‘on 
darajasiga ko‘tarilgan. Biror bir yozuvchi yoki adib yo‘qki, bu tushunchaga to‘xtab o‘tmagan 
bo‘lsin, biror bir shoir yo‘qki, oila haqida ash’or bitmagan bo‘lsin. Jumladan, YUsuf Xos 
Hojibning “Qutadg‘u bilik”, Kaykovus ibn Iskandarning “Qobusnoma”, Alisher
Navoiyning “Mahbubul qulub”, “Arba’in”, Rizouddin ibn Faxruddinning “Oila”, Abdurauf
Fitratning “Oila yoki oila boshqarish tartiblari”, Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Hifzi sihati oila” 
(Oila sog‘ligini muhofaza qilish), Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” kabi 
asarlari va boshqa ko‘plab badiiy, ilmiy adabiyotlar bu borada biz uchun bebaho ma’naviyat 
xazinasidir. O‘zbek pedagogikasining rivojiga katta hissa qo‘shgan, ma’rifatparvar yozuvchi 
Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida shaxs, axloq-odob, oila 
munosabatlari haqida, jumladan quyidagicha fikr yuritadi: “Axloq, bu – xulqlar majmui. Xulq esa, 
ezgulik yoxud razillikning muayyan bir insonda namoyon bo‘lish shakli. Binobarin, har bir xulq 
ezgulik va olijanoblikning yoki razillik va badbinlikning timsoli. SHu jihatdan ular yaxshi va 
yomonga bo‘linadi. Lekin bular kishida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ularning shakllanishi uchun 
ma’lum bir sharoit, tarbiya kerak. Kishilar tug‘ilishidan yomon bo‘lib tug‘ilmaydilar. Ularni 
muayyan sharoit yomon qiladi. Demak, hamma narsa tarbiyaga bog‘liq. Tarbiya biz uchun yo 
hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir.” Avloniy tarbiya 
doirasini keng tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo‘ymaydi. “Sog‘ tanda sog‘lom aql” 


217 
degan hikmatning bejiz emasligini yaxshi biladi. Gapni, birinchi navbatda, bolaning sog‘ligi 
haqida qayg‘urish lozimligidan boshlaydi. Badanning salomat, quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng 
kerakli narsadur. Chunki o‘qimoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, baquvvat va 
sog‘lom jasad lozimdur. Taniqli adabiyotshunos Abdurauf Fitrat o‘zining “Oila yoki oila 
boshqarish tartiblari” nomli asarida oila, oila qurish va uni boshqarish, oilada farzand tarbiyasi 
bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qimmatli fikrlarni bildiradi. Abdurauf Fitratning ushbu asarida 
oila – bir necha odamlardan iborat jamoa deb atalgan.
Yuqoridagi mulohazalardan ma’lum bo‘ladiki, oila va undagi farzandlar tarbiyasi tushunchasi 
insoniyat uchun muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega. CHunki har bir inson o‘z ota-onasi 
bag‘rida ko‘z ochib dunyoga keladi va ularning ta’sirida atrof-olamni idrok etib, til chiqaradi va 
muomalani o‘rganadi. SHunday ekan, er-xotin munosabatlari farzand dunyoga kelishi bilan 
yanada muhim va mas’uliyatli pog‘onaga ko‘tariladi. Endi ular birbirlariga emas, balki bolalarga 
shaxsan namuna va ibrat bo‘lishlari kerak, ya’ni ularda burch tushunchasi paydo bo‘ladi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin