“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə266/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

 
Muomala odobi. 
Axloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri – muomala odobi. U, mohiyatan, o‘zaro 
hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir-biri bilan hamkorlik qilmasdan, o‘zaro tajriba 
almashmasdan, bir-biriga ta ’sir ko'rsatmasdan rosmana yashashi mumkin emas. Muomala odam
uchun ehtiyoj, zarurat, sog‘lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Bu o‘rinda 
buyuk ingliz yozuvchisi Daniyel Defo qalamiga mansub mashhur «Robinzon Kruzoning 


15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 
219 
sarguzashtlari» asarini eslashning o‘ziyoq kifoya: Jumaboyni topib olgan Robinzonning naqadar 
quvonishiga ham sabab ana shunda.
Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, an’anaviy 
axloqiyme’yoriy talablarni bajarishni taqozo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi 
jihatlami namoyon etishi, ko‘zga ko‘rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng 
sermazmun va eng ifodali namoyon bo‘lishi so‘z, nutq vositasida ro‘y beradi. So'zlash va tinglay 
bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala 
odobi o‘zini, eng avvalo, shirinsuxanlilik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe’llilik singari axloqiy 
me’yorlarda namoyon qiladi. Darhaqiqat, muomala odobida muloqotning asosi bo‘lmish til katta 
ahamiyatga ega. Zero, odamlar bir-birlarini til orqali tushunadilar, til vositasida o‘z fikrini o‘zgaga 
yetkazish ma’lum ma’noda san’at. Zarur so'zni topish, muayyan holatga mos keladigan
ifodaviy vositalarni qo‘llash, fikrni jumlaviy jihatdan to‘g‘ri ifodalash, aniq, bosiq, salobat bilan 
so‘zlash hamsuhbatingiz yoki tinglovchining diqqatmi tortishda muhim rol o‘ynaydi, 
so'zlovchining nutq madaniyati darajasini ko’taradi. Muomala odobida tilning sofligi masalasi 
ham muhim. Til sofligi buzilishining asosiy uch xil ko'rinishi mavjud: birmchisi bir tilde 
so'zlashayotib, ikkinchi tilga o‘tib ketish, to‘g‘rirog‘i, birvarakay “ikki tilde”so‘zlashish, misol 
qilib, ikki talabaning so‘zlashayotganda o zbek tilida rus tiliga, rus tilidan o‘zbekchaga muntazam 
o‘tib tunshini olish mumkin, bu ba’zilar uchun odatiy hol boiib qolgan. Ikkinchisi bir tilda 
so‘zlashayotib, ikkinchi tildagi so‘zlarni, ayniqsa jargonlarni ishlatish. M., “davay”, “koroche”, va 
h.k. Til sofligining uchinchi buzilishi esa bir tilda so‘zlashgan holda o'sha tildagi “parazit” 
so‘zlarni qo‘llashda ko‘rinadi. M., «anaqa» «haliginday» va h.k. Muomaladagi bunday til 
sofligining buzilishlari hamsuhbatlarga bilinmasa ham, chetdan kuzatgan odamga nihoyatda 
xunuk ko‘rinadi. r , Muomala odobida “siz” va “sen”ning o‘z o‘rnida qo‘llanilishi ham ahamiyatga 
ega. Xususan, ota-ona, aka-opa yoki boshqa yoshi katta odamlar uchinchi shaxs bo‘lganida ularga 
nisban birlikdagi «u» olmoshini emas, hurmatni anglatuvchi “ular” yoki “u kishi” shaklini qo’llash 
odobdan. M., «Otam shunday dedi» emas, «Otam shunday dedilar», «U kishi shuni xohlayaptilar» 
va h.k. Suhbat paytida tinimsiz harakatda bo'lib turish, qo‘lni paxsa qilib
gapirish yoki suhbatdoshining yoshini nazarga olmay, uni oyoqni chalkashtirib o‘tirgan holda 
tinglash, birov jon kuydirib so‘zlayotganda esnash v.b. shunga o‘xshash holatlar ham 
muomaladagi odobsizlikni bildiradi.
Muomala odobining yana bir «ko‘zgusi», bu - insoniy qarash, nigoh, so‘zsiz — noverbal 
harakatlar. Ma’lumki, odamning qarashida, yuz ifodasida, qo‘l harakatlarida uning qay 
sabablardandir tilga chiqmagan, so‘zga aylanmagan hissiyoti, talablari o‘z aksini topadi. 
Chunonchi, suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitmay, qo‘l siltab ketish muomaladagi 
madaniyatsizlikni anglatadi. Ba’zan qarab qo’yishnmgo‘zi so'zdan ham kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. 
Deylik, bir quruvchi usta o‘z shogirdining xatti-harakatlaridan noroziligini bildirish uchun bosh 
chayqab jilmayib qo‘yishi mumkin. Ikkinchi usta esa, bir lahza o‘qrayib qarash bilan munosabatini 
ifodalaydi. Birinchi usta yuz ifodasi va xatti-harakati bilan: «Obbo shovvoz-ey, sal shoshilibsan-
da, ha, mayli, zarari yo‘q, shunaqasi ham bo‘ladi», degan ma’noni anglatsa, ikkinchi ustaning 
qarashidan: «Yana ishni rasvo qilibsan-ku, padarla’nat, qachon odam bo‘lasan?!», degan so'zlarni 
uqish mumkin. Shubhasiz, birinchi usta muomalada odobga rioya qilgan bo‘lsa, ikkinchisi uning 
aksi — shogirdining emas, o‘zining odobsizligini ko‘rsatmoqda. Umuman olganda, muomala 
odobi kishilarning nasihat qilmasdan va odob o‘rgatmasdan birbiriga ta’siri, tarbiya va o‘z-o‘zini 
tarbiya vositasi sifatida diqqatga sazovor. Shu sababli yoshlarimizda muomala odobini 
shakllantirish hozirgi kunda jamiyatimiz oldida turgan muhim vazifalardan. Bunda ota-onaning, 
mahalla-ko‘yning ta’siri katta. Undan foydalana bilish kerak. Zero, axloqiy komillikka erishish 
muomala odobini egallashdan boshlanadi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin